Ota-onalarning 45,2 foizi bolalarni jismoniy jazolash mumkin deb hisoblaydi Oila markazi tadqiqoti

Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan otkazilgan tadqiqot natijalariga kora, 44,4 foiz sinf rahbarlari, 39,5 foiz fan oqituvchilari, maktab psixologlari va 45,2 foiz ota-onalar bolani jismoniy jazolash mumkin deb hisoblaydi. Bu haqdaOila markazi matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Google ImagesUlardan bunga izoh soralganda, jismoniy jazolash orqali gapga quloq solmaydigan bolani tarbiyalash jamiyatda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini oladi deb takidlagan.Respondentlardan bolaga nisbatan oilada beshafqat munosabatning sabablari soralganda, ularning 46,8 foiz ota-onalarning nosglom turmush tarzi hamda ulardagi pedagogik, psixologik va huquqiy bilimlarning pastligi, 26,5 foiz ota-ona va farzand munosabatlaridagi nizoli vaziyatlarning paydo bolishi, 6,6 foiz oilaning moddiy ahvoli deb aytgan bolsa, respondentlarning 20,1 foizi bolalarning ozini sababchi qilib korsatgan.Ushbu tadqiqot sorovlarida Toshkent shahar va Namangan, Toshkent viloyatlaridagi 834 nafar sinf rahbarlari, psixologlar, 252 bolalar va 316 ota-onalar ishtirok etdi.Eslatib otamiz, Ozbekiston Respublikasining Bola huquqlarining kafolatlari togrisidagi Qonuni, Mamuriy javobgarlik togrisidagi kodeks, Jinoyat kodeksining alohida moddalarida bolalarni tarbiyalash va ularga talim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik, ularni haqorat qilish, turli darajadagi tan jarohatlari yetkazish uchun javobgarlik choralari belgilangan.Bundan tashqari, jismoniy jazolash bilan tarbiyalangan bolalarda salbiy psixologik oqibatlar paydo bola boshlaydi, ishonchsizlik, qorquv va ruhiy tushkunlik komplekslari rivojlanadi, jumladan, ularda birovlar fikriga tobe bolib qolish va mustaqil fikrlash yoqola boradi. Natijada, bunday bolalar jamiyatda oziga munosib orinni egallash borasida qiyinchiliklarga duch keladi.Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi olim va mutaxassislari ana shunday jazolash tufayli bolalarning jamiyatda tan olinishida qiyinchilikka uchrashlari va oxir oqibatdatarbiyasiogir bolgan bolalarsafiga kirib qolishlaridan xavotirda, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0