Time jurnali muqovasida Vladimir Zelenskiy surati chop etildi

Vladimir Zelenskiyningning 9-dekabr kuni Parijda bo‘ladigan “normand” formatidagi  muzokaralar doirasida Vladimir Putin bilan birinchi uchrashuvi arafasida Time jurnali muxbiri Ukraina prezidenti bilan suhbat o‘tkazdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Foto: MeduzaMuxbir Zelenskiy bilan birinchi marta 2019-yilda, uning saylovoldi tashviqoti qizg‘in tus olgan paytda uchrashgan. Noyabr oyi oxirlarida esa Zelenskiy g‘arbiy davlatlar yirik nashrlariga intervyu berayotganida yana uchrashgan. Unda Ukarina prezidenti impichmentdan qo‘rqmasligini ta’kidlagan.Muxbirning yozishicha, so‘nggi 8 oy davomida “Zelenskiy ancha keksayib, kutilgandan ham ko‘proq o‘zgargan”.Vladimir Putinga ishonasizmi, degan savolga Zelenskiy umuman hech kimga, shu jumladan eng yaqin sheriklariga ham ishonmasligini bildirgan. “Siyosat bu aniq fan emas… Hech kim ishonishga haqli emas. Har kimning o‘z manfaati bor”, — degan Zelenskiy.Mavzuga doir: Putin va Zelenskiy 9-dekabr kuni ilk bor Parijda uchrashadi Zelenskiy g‘alabaning 75 yilligini nishonlash uchun Moskvaga taklif etilishi mumkin

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0