Xushmuomalaligi sababli olimdan omon qolgan qiz haqidagi video

Bu voqea baliqni muzlatib saqlaydigan korxonalardan birida bolgan edi. Bir kuni korxona ishchilaridan biri shu kungi oxirgi ishini yakunlab qoyish uchun baliq saqlaydigan muzlatgichga kiradi. U muzlatgich ichida ishlab turgan paytda tosatdan uning eshigi qulflanib qoladi. U qancha urinmasin, eshikni ocha olmaydi. Bor ovozi bilan qichqirib, boshqa ishchilarni yordamga chaqira boshlaydi. Lekin ish vaqti tugab, korxonada hech kim qolmagan edi. Besh soatlar chamasi vaqt otib, sovuqdan u kishi deyarli olishiga yaqin qolgan paytda tosatdan korxonaning qorovuli muzlatgichning eshigini ochib, uni qutqarib qoladi.Korxona mudiri qorovuldan: U ishchi boshqa ishchilar bilan korxonadan chiqib ketmaganini, uning zavodda qolganini qayerdan bildingiz?, deb soraganida, u: Men bu korxonada ottiz yildan beri ishlayman. Korxonaga har kuni yuzlab ishchilar kirib chiqadi. Lekin bu ishchidan boshqa birortasi har kuni men bilan salomlashib, hol-ahvolimni soramas edi. Shu kuni kechki payt undan shu sozlarni yani salomlashib, mendan hol-ahvol sorashini eshitmadim va ishchilar chiqish vaqtida ularning orasidan uni qidirib topmadim. Shundan bildimki, u hali ham shu yerda ekan. Song korxonaga kirib, uni qidirdim va nihoyat topdim, deb javob berdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0