Shavkat Mirziyoyev davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish boyicha qarorni imzoladi

Shavkat Mirziyoyev Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish va davlat xaridlari jarayoniga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilish chora-tadbirlari togrisidagi qarorni imzoladi. Bu haqda OzA xabar bermoqda. Foto: NormaQarorga muvofiq, 2020-yil 1-yanvardan boshlab Prezidentning 2018-yil 22-yanvardagi Xojalik jamiyatlari va strategik ahamiyatga ega korxonalar faoliyatini qollab-quvvatlash chora-tadbirlari togrisidagi qarori bilan tasdiqlangan strategik ahamiyatga ega bolgan xojalik jamiyatlari va korxonalar: eng yaxshi takliflarni tanlab olish yoli orqali xaridlarni amalga oshirishdan oldin davlat xaridlari boyicha maxsus axborot portalida elon joylashtiradi. Elonda xarid komissiyasi tomonidan takliflarni qabul qilib olishning on besh kundan kam bolmagan songgi muddati hamda Ozbekiston Respublikasining Davlat xaridlari togrisidagi qonunining 52-moddasida nazarda tutilgan axborot bolishi kerak; xarid komissiyasining eng yaxshi takliflarni tanlab olish boyicha bayonini u rasmiylashtirilgan kuni davlat xaridlari boyicha maxsus axborot portalida ikki ish kuni muddatga jamoatchilik muhokamasiga joylashtiradi; davlat xaridlari doirasida tuzilgan shartnomalar togrisida malumotlarni ular tuzilgan sanadan boshlab uch ish kundan kechiktirmasdan belgilangan tartibda davlat buyurtmachilari bilan tuzilgan shartnomalar reyestriga kiritadi; xaridlarni elektron dokon va boshlangich narxni pasaytirish uchun otkaziladigan auksion orqali qonunda belgilangan mezonlarga muvofiq amalga oshirishga haqli. 2020-yil 1-yanvardan boshlab davlat buyurtmachilariga elektron dokonning qoshimcha sahifasidan foydalangan holda, davlat xaridlarini hududlar (Qoraqalpogiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri) kesimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar (ish bajaruvchilar, xizmat korsatuvchilar) ortasida amalga oshirish huquqi beriladi. Bunda, elektron dokonning qoshimcha sahifasida xarid qilish tartib-taomili yakuniga kora tovar (ish, xizmat) mavjud emasligi sababli shartnoma tuzilmagan bolsa, davlat buyurtmachisi elektron dokonning asosiy sahifasidan foydalanmasdan mustaqil ravishda tanlangan yetkazib beruvchi bilan togridan-togri shartnoma tuzishga haqli emas.Moliya vazirligi 2020-yil 1-yanvardan boshlab moliya organlari va budjet tashkilotlari moliya-hisob bolinmalari xodimlarini tayyorlash va qayta tayyorlash oquv markazi bazasida davlat organlari va boshqa tashkilotlarning xodimlari uchun oquv jarayoniga sohadagi yetakchi mutaxassislarni keng jalb qilgan holda davlat xaridlari boyicha maxsus kurslar tashkil qiladi.2020-yil 1-apreldan boshlab budjet tashkilotlarining chet el valyutasidagi mablaglariga nisbatan Moliya vazirligi gaznachiligida shaxsiy gazna hisobvaraqlari ochish orqali gazna ijrosi mexanizmi joriy etiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0