Saudi Aramco aksiyalarining yakuniy narxi belgilandi. Endi u dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylanishi mumkin

Saudiya Arabistonining Saudi Aramco davlat neft kompaniyasi IPO doirasida aksiyalarining yakuniy narxini belgiladi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Foto: BloombergUshbu narx bir aksiya uchun 32 riyal yoki 8,53 dollarni tashkil etdi.Kompaniya aksiyalariga investorlardan talabnomalar yigish 17-noyabrda boshlanib, 4-dekabrda yakunlandi. IPO Saudiya fond birjasida bolib otmoqda. 12-dekabrda boshlanadigan savdolarga kompaniyaning 3 milliard aksiyasi (ustav kapitalining 1,5 foizi) qoyiladi.Saudiya Arabistoni hukumati aksiyalar uchun 25,6 milliard dollarni qolga kiritadi. Shu tariqa, Saudi Aramconing umumiy qiymati 1,7 trillion dollarga yetadi va u dunyodagi eng qimmat kompaniyaga aylanadi.Saudi Aramco neft zavodlariga hujum haqidaSentabrda Saudiya Arabistonidagi Saudi Aramco neft zavodlarigahujum uyushtirilishinatijasida mamlakatda neftni ishlab chiqarish ikki baravarga qisqargan. Dronlar hujumi boyicha masuliyatni Yamandagi xusiy jangarilarioz zimmasiga olgan, keyinroq AQSh hamda Saudiya Arabistoni ushbu hujumlar ortida Eron turganinibildirgan.11-oktabrda Qizil dengizda Saudiya Arabistonining Jidda portiga yaqin hududda Eron neft tankerigahujum uyushtirilgan va kemadagi neftning muayyan miqdorisuvga oqqan. Tehron ushbu hujum ortidaAQSh, Isroil va Saudiya Arabistoni turganinibildirgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0