FVV Sirdaryo suv sathining xavfli darajada kotarilayotgani haqidagi xabarlarga izoh berdi

Xorij OAVlarida Sirdaryo suv sathi xavfli darajada kotarilayotgani haqida shov-shuvli xabarlar tarqalgan. Aholi bu haqda ogohlantirilib, ehtiyot bolishga ham chaqirilgan,deb yozmoqda OzA. Foto: OzASirdaryo daryosining Josali irmogidagi gidrologik nazorat postida kuzatilgan muz qatlamlari sababli suv sathi xavfli darajaga yaqinlashgan. Ertalab soat 08:00 holatiga kora, suv sathi 638 santimetr bolgan. Xavfli korsatkich esa 665 santimetrdan boshlanadi. Aholi punktlarini suv bosish belgisi 770 santimetrni tashkil etadi, deya xabar bergan Qozogiston nashrlaridan biri.Ushbu hodisaning qanchalik xavfli yoki xabarning qanchalik haqiqatga yaqinligi boyicha Sirdaryo viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi malumot berdi.Sirdaryo daryosining suv sathi ayni vaqtda 732 kub sekundni korsatmoqda. Bu xavfdan ancha yiroq bolgan raqam hisoblanadi. Aslida suv sathi 1 800 kub sekundga yaqinlashgandagina ehtiyot choralari koriladi, aholi ogohlantiriladi. Ayni damda bu borada Ozbekistonda hech qanday xavf yoqligini malum qilamiz.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0