Nigeriyalik sportchilar Xorvatiya politsiyasining xatosi tufayli qochoqlar uchun lagerga tushib qoldi

Xorvatiyaga tennis boyicha xalqaro universitetlar chempionatida ishtirok etish uchun kelgan Nigeriyaning ikki nafar sportchisi noqonuniy yol bilan mamlakatga kelgan muhojirlar deb topilib, Bosniya va Gersegovinaga yuborilgan. Bu haqda Interfaks xabar qildi. Foto: The GuardianUshbu voqea 17-noyabrda sodir bolgan. Zagrebda aylanib yurgan qora tanli yoshlar hujjatlari yoqligi oqibatida pasportlari hostelda qolganini tushuntirishga uringaniga qaramay huquq-tartibot organlari xodimini ishontira olmagan. Politsiyachilar ularni Bosniya va Gersegovina chegarasiga olib kelib, muhojirlar guruhi bilan birga qorongu ormon orqali qoshni davlat hududiga otishga majburlagan.Shu tariqa sportchilar Velika-Kladusha shahridagi qochoqlar lageriga borib qolgan va u yerda issiqlik hamda suv taminotisiz ogir sharoitlarda yashagan. Noyabr oxiriga kelib, lagerdagi kongillilar chempionat tashkilotchilari bilan boglanib bolgan vaziyatni tushuntirgan. Foto: The GuardianXorvatiya hukumati avval ham migrantlarga nisbatan qopol munosabat tufayli bir necha marta tanqid qilingan. Politsiyachilar va harbiylar chegaradan otayotganlarni ayovsiz kaltaklaydi, ularning telefonlarini sindiradi va bu orqali ozlarining suvdan quruq chiqishini taminlaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0