South African Airlines JARda 1994-yildan beri bankrotga uchragan birinchi davlat kompaniyasi bo‘ldi

Janubiy Afrika Respublikasi hukumati South African Airlines (SAA) aviakompaniyasi yopilishining oldini olish maqsadida bankrotlik holatida kreditorlardan himoya qilishni boshladi, deb yozmoqda “Kommersant”. Bu JARda 1994-yilda aperteid siyosatidan keyin davlat kompaniyasining birinchi inqirozi hisoblanadi. Foto: AfricanewsSAA — Janubiy Afrikaning eng ulkan aviatashuvchisi, kompaniya dunyoning 26 mamlakatiga reyslarni amalga oshiradi. Biroq so‘nggi yillarda SAA xalqaro bozorda Afrika qit’asining boshqa aviakompaniyalariga yutqaza boshladi. Oqibatda kompaniyaning daromadi sezilarli darajada pastladi. Oxirgi ikki yilda SAA birorta ham moliyaviy hisobotni e’lon qilmagan.Mavzuga doir:  Britaniyaning Thomas Cook turoperatori 178 yillik faoliyatidan so‘ng yopilishini e’lon qildi. Bundan 600 ming sayyoh jabr ko‘rdi Ispaniya Thomas Cook turoperatori yopilishi sabab yuzaga kelgan iqtisodiy zararlarni qoplashga 300 mln yevro sarflaydi Vaziyatni o‘nglash va kompaniyaning kasodga uchrashining oldini olish uchun hukumat aviatashuvchini kreditorlardan himoya qilishni boshladi. SAA’ning qutqarilishi uchun jami 274 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ ajratiladi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0