Turizmni rivojlantirish qomitasi Umra ziyoratidagi cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi

Xususiy turfirma orqali Umra ziyoratiga jonatilgan 14 nafar ozbekistonlikning vizasi soxta bolib chiqqani uchun Arabistonga kiritilmasdan deportatsiya qilingani haqida xabar berilgan edi. Turizmni rivojlantirish davlat qomitasi voqea yuzasidan munosabat bildirdi. Foto: Halal GuideUnda umra ziyoratini tashkil etish boyicha yillar davomida koplab muammolar yigilib qolgani va ularni tizimli ravishda hal qilish kerakligi bildirilgan.Jumladan, ozbekistonliklarning Umra ziyoratiga bolgan ehtiyoji Diniy qomita tomonidan qondirilmayotgani, turli cheklovlar orqali muammolarni bartaraf etib bolmasligi, aksincha, Umra ziyoratlarini bozor munosabatlari va fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkillashtirish maqsadga muvofiqligi aytilgan.Ozbekistonda Umra ziyoratiga yuborish boyicha faqat Ozbekiston Musulmonlar Idorasi va Din ishlari boyicha qomita birgalikda amalga oshirishi, xorijda bu toligicha bozor munosabatlariga tayanib tashkil etilishi, onlab sayyohlik firmalari bu bilan shugullanishi takidlangan. Jumladan, Turkiyada 156 ta, Indoneziyada 101 ta, Malayziyada 71 ta va qoshni Qozogistonda 30 ga yaqin firma mamlakatlarida qonunchilik bilan mustahkamlangan aniq tartib-taomil asosida Umra ziyoratini tashkillashtirishi qayd etilgan.Buning natijasida esa, mazkur ziyoratni amalga oshirishga qodir bolgan kishilarning yillab navbat kutishi, safar narxining asossiz kotarilishi, fuqarolarning aylanma yollar orqali ziyoratni amalga oshirishi va tadbirkorlik subyektlarining yashirin iqtisodiyot vakillari sifatida safarlarni tashkil etishi kabi noxush holatlarga barham berilgan, deyiladi qomita munosabatida.Shuningdek, qoshimcha qilinishicha, Ozbekistonda Umra safarlarini amalga oshirishni xohlovchilar sonining kopligi hamda amaldagi tartib asosida ularning xohishi tolaqonli qondirilmayotganligi sababli minglab fuqarolar mavjud tartibni chetlab otgan holda turizm tashkilotlari va boshqa vositachi shaxslar orqali ziyoratlarini tashkillashtirishiga olib kelmoqda.Mavzuga doir:Umra sayohat emas, ibodat. Din ishlari qomitasi Umradan foyda kormasligini malum qildiMalumotlarga kora, 20182019-yilgi mavsumda Ozbekiston musulmonlari idorasi tomonidan qancha fuqarolar Umra ziyoratini amalga oshirgan bolsa, deyarli shuncha fuqarolar Qozogiston, Qirgiziston, Turkiya, BAA kabi mamlakatlar orqali Umra safarini amalga oshirgan.Bu sohadagi mavjud muammolarni bartaraf etish faqatgina turli cheklovlarni ornatish orqali emas, balki fuqarolarimizda muqaddas ziyoratlarni amalga oshirishga bolgan ehtiyojning kattaligini inobatga olgan holda, ularning salomatligi va xavfsizligini taminlash hamda fuqarolarning mavjud tartibni chetlab otishlarining oldini olish maqsadida Umra ziyoratlarini bozor munosabatlari va fuqarolarning ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda tashkillashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi, deya Umra ziyoratidagi cheklovlarni olib tashlashga chaqirdi Turizmni rivojlantirish qomitasi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0