Ozbekiston fuqarosi xakerlik qilgani uchun AQSh sanksiyasi ostiga tushdi

AQSh Moliya vazirligi oz sanksiyalari royxatiga yana 17 kishini kiritdi. Ular qatoridan Rossiya, Isroil, Ispaniya, Ozbekiston va Ukraina fuqarolari orin olgan. Bu haqda Fontanka.ru xabar berdi.Royxatga kirganlarning asosiy qismi, yani 12 kishi Rossiya fuqarosi hisoblanadi. Bundan tashqari, sanksiya ostiga Rossiyaning 7 ta kompaniyasi ham tushgan.Royxatga kiritilgan barcha familiyalar AQSh hukumati tomonidan Rossiyaning Evil Corp xakerlik guruhi bilan boglangan. AQSh Moliya vazirligi tashkilot rahbari sifatida Maksim Yakubetsni qayd etgan va uni Rossiya hukumatining kiberjinoyatchilik sohasidagi yomon maqsadli ishlariga yordam beradi, deb hisoblaydi.AQSh Moliya vazirligi malumotlariga kora, royxatdagi bir kishi ham Evil Corp azosi, ham Rossiya Federal xavfsizlik xizmati xodimi hisoblanadi.Sanksiya joriy qilinishiga sabab sifatida tashkilot tomonidan Dridex nomli dasturiy taminotning tarqatilgani korsatilgan. Dasturiy taminot yordamida xakerlar 100 million dollardan ortiq mablagni ogirlashga muvaffaq bolgan hamda 40 dan ortiq mamlakatda bir necha yuzlab bank va moliyaviy tashkilotlar mijozlarining malumotlarini toplagan.Ozbekiston fuqarosi Azamat Safarov royxatga Evil Corp tashkilotiga aloqadorligi sababli kiritilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0