Ozarbayjon prezidenti mamlakat parlamentini tarqatib yubordi

Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Milliy majlisni (parlament) tarqatib yubordi va qonunchilik organiga navbatdan tashqari saylovlarning 2020-yil 9-fevralda o‘tkazilishini belgilaydigan farmoyish chiqardi. Bu haqda “TASS” xabar berdi. Foto: DW“Ozarbayjon respublikasi konstitutsiyasining 98.1-moddasi birinchi qismi hamda 109-moddasi birinchi bandiga ko‘ra, Ozarbayjon milliy majlisi beshinchi chaqiruvi tarqatib yuborilsin. Ozarbayjon milliy majlisi navbatdan tashqari saylovlari 2020-yil 9-fevralda o‘tkazilsin”, — deyiladi hujjatda.O‘tgan haftada “Yangi Ozarbayjon” hukmron partiyasi deputatlari Milliy majlisni tarqatib yuborish tashabbusini ilgari surgan. Ular davlar rahbarining islohotlarini amalga oshirish, qonunchilik organini isloh qilish va parlamentga yangi qon olib kirish maqsadida ushbu ishni amalga oshirish zarurligini bildirgan. Mustaqil va muxolifat deputatlari ham ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlagan.Dushanbada parlament ham hukmron partiya takliflarini o‘rganib chiqqan va ko‘pchilik ovoz bilan prezidentga qonunchilik organini tarqatib yuborish va tegishli qaror bilan navbatdan tashqari saylovlarni o‘tkazish bo‘yicha murojaat yo‘llagandi.Mavzuga doir:  Ozarbayjonda Zulfiqor Musoqovning “Vatan“ filmi xalq sevgan filmlardan biri ekanligi aytildi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev 24 yillik administratsiya rahbarini lavozimidan ozod etdi Konstitutsion sud deputatlar murojaatiga ko‘ra prezident tomonidan hujjat imzolangani va parlamentning tarqatib yuborilganini qonuniy deb topdi. Konstitutsion sud xulosasiga ko‘ra, qonunchilik organi yangi parlament saylovlari yakuniga yetguniga qadar o‘z vakolatlarining ayrimlarini vaqtinchalik bajarib turadi, biroq qonunlar qabul qilmaydi, hukumat va xalqaro tashkilotlarning vazifalarini bajarmaydi.Ozarbayjon Milliy majlisida (bir palatadan iborat parlament) 125 nafar deputat faoliyat olib boradi, ular besh yilga saylanadi. Beshinchi chaqiruv parlamenti tarkibi 2015-yil 1-noyabrda o‘tkazilgan saylovlardan keyin tasdiqlangan. Navbatdagi saylovlar 2020-yil noyabrida o‘tishi rejalashtirilgandi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0