Jeyms Bond haqidagi yangi film treyleri chiqdi (video)

Universal Pictures Jeyms Bondning sarguzashtlari haqidagi navbatdagi — “O‘lish vaqti emas” filmining ilk treylerini chiqardi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Kadr: IPBritaniyalik superagent rolini beshinchi bor Deniel Kreyg ijro etdi. Rejissyor Keri Fakunaga o‘tgan yil avgustida kelishmovchilik tufayli loyihani tark etgan Denni Boylni almashtirdi.Kartina syujetiga ko‘ra, Bond vaqtincha ishlardan chalg‘igan va Yamaykada dam olmoqda. Bu yerda uni MRBdagi eski tanishi topadi. U o‘g‘irlab ketilgan olimni topishda yordam so‘raydi va shundan so‘ng Bond xizmatga qaytadi.Shuningdek, superjosus ma’shuqasi bilan bog‘liq sirni ochishiga to‘g‘ri keladi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0