Navoiyda bir korxonadan 670 nafar xodimning ish haqi undirib berildi

Navoiy viloyati Karmana tumanlararo sudining bir qator ijro varaqalariga asosan MIB xodimlari tomonidan ijro harakatlari amalga oshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.Jumladan, “Elektrokimyozavod” AJdan 670 nafar ishchi xodimning ish haqini undirish belgilangan. Ushbu vazifani amalga oshirish doirasida MIB Navoiy shahar bo‘limi xodimlari tomonidan ijro harakatlari amalga oshirilgan.Ijro varaqasiga asosan, qarzdor tashkilotga tegishli jami 450 million so‘mlik 1 ta Captiva, 1 ta Lacetti va 3 ta Nexia rusumli avtotransport vositalari qidiruv natijasida topilgan.Jamiyatga tegishli 5 ta avtotransport vositasi E-auksion orqali sotilib, 670 nafar fuqaroning buzilgan huquqlari tiklanishi ta’minlangan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0