NASA Hindistonning koinot qurilmasi Oyda qulagan hududni suratga oldi

AQShning NASA koinot agentligiga tegishli Lunar Reconnaissance Orbiter (LRO) orbital stansiyasi Hindistonning “Vikram” qurilmasi Oyda qulagan hududni suratga oldi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda. Foto: NASAFotoda yashil nuqtalar bilan koinot kemasining taxmin qilingan va tasdiqlangan bo‘laklari, ko‘k nuqtalar bilan esa bo‘laklar Oy yuzasiga zarar yetkazgan joylar belgilangan.“Vikram” qurilmasi 2019-yil 7-sentabrda Oyning Janubiy qutbida qo‘nishi ko‘zda tutilgandi, biroq yakuniy bosqichda u bilan aloqa yo‘qotildi.NASA vakillari qurilma yo‘qotilganiga qaramay, Oy yuzasiga yaqinlashgani Hindiston uchun “ajoyib natija” bo‘lganini qayd etdi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0