Toshkent—Samarqand pulli avtotrassasining qurilishi nega boshlanmayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston bosh vazirining investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Elyor G‘aniyevning ma’lum qilishicha, Toshkent—Samarqand pulli avtotrassasini qurish ishlarining boshlanmayotganiga investor tomonidan talab qilinayotgan qimmat yo‘l haqi sabab bo‘lmoqda. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar berdi. Foto: UzNewsMavzuga doir: Turkiyalik investorlar Toshkentdan Samarqandgacha yangi magistral quradi: yo‘l 2 soat vaqt oladiO‘zbekistondagi birinchi pulli avtomobil yo‘lining qurilishi haqida 2018-yilning sentabr oyida ma’lum bo‘lgan. Mazkur loyihani davlat-xususiy sherikchiligi asosida amalga oshirish bo‘yicha investitsion kelishuv Cengiz-Kolin-Kalyon turk kompaniyalari konsorsiumi bilan imzolangan. Qurilish ishlari 2019—2020-yillarga mo‘ljallangan edi.2018-yilning iyul oyida O‘zbekiston Prezidentining qarori bilan mamlakatdagi birinchi pulli avtomobil yo‘llarini qurishni Germaniyaning GP G?nter kompaniyasiga topshirish rejalashtirilgan. Pulli avtotrassalar mavjud shaharlararo yo‘llarga alternativ bo‘lishi kerakligi belgilangan. Hujjatda loyihalarni amalga oshirishning aniq muddatlari ko‘rsatilmagan. Faqat 500 million dollar miqdoridagi jalb qilinadigan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ko‘satib o‘tilgan.Mavzuga doir: O‘zbekistondagi ilk pulli yo‘llar qurilishini Germaniyaning GP G?nter Papenburg kompaniyasiga topshirishmoqchiDavlat-xususiy sherikchilik asosida hamkorlik uchun qonunchilik asosida 2019-yil 11-mayda, davlat-xususiy sherikchilik to‘g‘risidagi qonun imzolangach paydo bo‘ldi.Elyor G‘aniyevning ma’lum qilishicha, Toshkent—Samarqand pulli avtotrassasini qurish bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda, biroq O‘zbekiston investor tomonidan taklif qilinayotgan yo‘l haqiga rozi bo‘la olmaydi. Turk kompaniyalari konsorsiumi yo‘ldan foydalanish uchun juda yuqori narx o‘rnatishni istamoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0