Andijondagi portlashdan keyin Qoqonda noqonuniy gaz tortish moslamalaridan foydalanganlarga chora korilmoqda

4-dekabr, chorshanba kuni Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan kop qavatli uylarning birida qolbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash oqibatida portlash sodir bolgani haqida xabar berilgan edi. Ushbu ayanchli hodisadan keyin joylarda targibot ishlari olib borilmoqda. Foto: Qoqon viloyati hokimligi axborot xizmatiXususan, Qoqon shahridakommunal muammolarni bartaraf etish maqsadida tuzilgan ishchi guruh vakillari tomonidan organish otkazildi.Jumaladan, tabiiy gaz taminotini yaxshilash maqsadida otkazilgan tadbirlar natijasida shaharning 1-Davronbek mahallasidagi Nafosat kochasi, 25-Qipchoqariq mahallasidagi Naqshbandiy kochasi, 30-Sadoqat mahallasidagi Korpabof kochalarida yashovchi fuqarolar noqonuniy gaz tortish moslamalaridan foydalanayotgani aniqlandi.65-Sunbula mahallasidagi Habibiy kochasida esa hech qanday hujjatlarsiz gaz tarmogiga ulanib, noqonuniy gaz tortish moslamasidan foydalanayotgan novvoyxona ham aniqlandi. Yuqoridagi barcha holatlar boyicha mamuriy bayonnomalar tuzilib, jarimalar belgilandi, xonadonlar gaz tarmogidan uzildi. Shu bilan bir qatorda shahardagi bozorlarda noqonuniy gaz tortish moslamalarini sotib, daromad orttirayotgan fuqarolarni aniqlash, moslamalar sotilishiga chek qoyish maqsadida ham qator tadbirlar tashkil etildi. Qoqon savdo kompleksida bozor mamuriyati bilan hamkorlikda olib borilgan ishlar natijasida 100 dan ortiq noqonuniy moslamalar savdosiga chek qoyildi, deyiladi xabarda.Mavzuga doir:Andijonda kop qavatli uyda portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi (video)

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0