Ozbekistondagi profilaktika inspektorlarining 72 foizi qol kishanlari bilan taminlangan

Bugungi kunda Ozbekistondagi profilaktika inspektorlarining 72 foizi qol kishanlari bilan taminlangan. Bu haqda IIV Huquqbuzarliklar profilaktikasi bosh boshqarmasi boshligi Baxtiyor Berdialiyev malum qildi, deb yozmoqda Kun.uz. Foto: DaryoXabar berilishicha, Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qomitasi yigilishida ushbu masala kotarilganidan song, profilaktika inspektorlarini qol kishanlari bilan taminlanganligi 45 foizdan 72 foizga kotarilgan. Yana 3 kundan song bu korsatkich 100 foizga yetkazilishi kutilmoqda.Shuningdek, profilaktika inspektorlarining 97,4 foizi ozlari faoliyat olib borayotgan hududda xizmat uyiga egaligi malum qilindi. Ayni paytda profilaktika xodimlarining yana 2,3 foiziga mahalliy hokimliklar tomonidan uy qurish ishlari olib borilmoqda.Qayd etilishicha, xizmat uylari mahalliy budjetlar hisobidan ajratilgan bolib, ular tayanch punktlari profilaktika inspektorlari uchun xizmat faoliyati jarayonida yashash uchun moljallangan. Boshqa ishga otganda bu uy uning orniga tayinlangan profilaktika inspektoriga otadi. Shu sababli xizmat uylarini profilaktika inspektorlarining nomiga rasmiylashtirib berish kozda tutilmagan.Baxtiyor Berdialiyevning sozlariga kora, tayanch punktlarining profilaktika inspektorlari ozlari faoliyat olib borayotgan joyda ajratilgan xizmat uylarida yashashi shart. Agar ularning ozlariga ajratilgan xizmat uylarida yashamayotgani aniqlansa, ular ichki ishlar organlari safidan chetlashtiriladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0