Xitoyda 3D-printer yordamida 500 metrli devor chop etildi

Xitoyning Suchjou shahrida 3D-printerda tayyorlangan eng katta obyektning qurilishi yakunlandi. Winsun kompaniyasi toshqinlardan himoya uchun 500 metr uzunlikdagi devorni qurdi. Bu haqda TJournal xabar berdi. Foto: TJournalKonstruksiya alohida qismlardan qurilgan, biroq toliq yigilgan korinishda devor 3D-printerda chop etilgan eng yirik obyekt hisoblanadi. Devor qirgoq chizigini suvning tasiridan himoya qilishga imkon beradi, toshqinlar paytida esa u tolqinlarning energiyasini yutadi.Odatda devorlar kanal va daryolar qirgoqlarini orashda, quruqlikni suv yuvishidan asrash uchun foydalaniladi. Qirgoqlarni himoyalovchi devorlar esa gishtdan foydalanishni talab qiladi, shuning uchun ular qimmat va murakkab loyiha hisoblanadi.Qirgoqlarni himoyalovchi devorlar qurishda atrof-muhitga zarar yetadi qirgoqni suniy ravishda ozgartirishga togri keladi. Winsun kompaniyasi tomonidan malum qilinishicha, devorni 3D-printerda tayyorlash qirgoq chizigini ozgartirmaslikka imkon berdi hamda ananaviy uslubdan arzon va osonroq bolib chiqdi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0