Andijonda post-patrul xizmati xodimlari bir oilaning 6 nafar azosi hayotini saqlab qoldi (foto)

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi patrul-post xizmati batalyoni xodimlari Andijon shahridagi xonadonlardan birida yashovchi yongin natijasida halok bolishi mumkin bolgan oilaning 6 nafar azosi hayotini saqlab qoldi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar bermoqda. Foto: DaryoViloyat IIB patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi boshligi, podpolkovnik Muhammadjon Nishonovning malum qilishicha, 3-dekabr, seshanba kuni tungi soat 2:40 atrofida Andijon shahri Mustaqillik mahallasi Pushkin kochasi 16-uyda yongin kelib chiqqan. Xonadon egasi Saydullo Eminjonov oila azolari bilan qattiq uyquda bolgani bois yongin boshlanganini sezmagan. Shu paytda mazkur hududda xizmat faoliyatini otayotgan viloyat IIB PPX va JTSB PPX batalyoni 4-otryad haydovchi-xodimi, safdor Muhammadjon Azizov hamda otliq otryad xodimi, safdor Sanatbek Tojiboyev ushbu xonadonda yonginni payqab qolgan. Xodimlar darvozani taqillatgan holda uy egalarini uygotishga uringan. Biroq buning uddasidan chiqa olmagan. Foto: DaryoShunda safdorlar fursatni boy bermaslik uchun darvozani buzib ichkariga kiradi va xonadon egalarini uygotishga erishadi. Xuddi shu vaqtda yongin birdaniga kuchayib ketib, olov tashqariga chiqish yolagini qamrab oladi. Buni korgan safdorlar zudlik bilan mobil aloqa vositasi orqali shu atrofda xizmatda bolgan sheriklarini yordamga chaqiradi. Shundan keyin ular mazkur xonadonda yashovchi 6 kishini yongin bolayotgan xonalardan qoshni xonadon devoriga narvon qoygan holda xavfsiz joyga olib chiqadi.Shu tariqa PPX xodimlari Eminjonovlar oilasi azolari er-xotin va ularning 4 nafar farzandi hayotini saqlab qoladi, deyiladi xabarda. Foto: DaryoAndijon viloyati FVB Yongin xavfsizligi boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Azizbek Yorqulovning aytishicha, mazkur baxtsizhodisa togrisida dispetcherlik xizmatiga 3-dekabr kuni taxminan soat 2:47 da yongin sodir bolayotganligi togrisida xabar kelib tushgan. Xabarga asosan jangovar yongin ochirish ekipajlari soat 2:52 da manzilga yetib borib, 3:10 da yonginni ochirishga muvaffaq bolgan.Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv ishlari davomida yongin montaj qilingan elektr kabellarining qisqa tutashuvi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan. Foto: DaryoYongin oqibatida Pushkin kochasi 15-uyning 50 kvadrat metr tom, shift qismi va uy-rozgor buyumlari yonib zararlangan. Yongin ochiruvchilarning say-harakatlari bilan yashash uyining 320 kvadrat metr qismi va 1 dona Damas rusumli avtomashina yongindan saqlab qolingan.Sodir bolgan yongin hodisasida fuqarolarda tan jarohati olish va halok bolish holatlari qayd etilmagan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari Andijon shahar Yongin xavfsizligi bolimi tomonidan olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0