Ichki ishlar tizimida eng kop intizomni buzish holatlariga yol qoygan xizmatlar malum qilindi

Joriy yilning 45-dekabr kunlari Ichki ishlar vazirligi Kadrlar bosh boshqarmasi tashabbusi bilan ichki ishlar organlariga kadrlarni tanlash, ularning zaxirasini shakllantirish yonalishida tarkibiy va hududiy organlar kadrlar bolinmalari rahbarlari ishtirokida tanqidiy ruhdagi yigilish otkazildi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi Daryoga malum qildi. Foto: Ichki ishlar vazirligi axborot xizmatiMavzuga doir:IIV tarkibiy va hududiy organlari kadrlar xizmati rahbarlari uchun seminar-trening otkazildiTadbirda Ichki ishlar vazirining orinbosari Rustam Hotamov ishtirok etdi. U kadrlar bilan ishlash tizimiga mutlaqo yangicha yondashuv lozimligi, tizimni nopok xodimlardan tozalash, kadrlar bilan ishlash faoliyatida xolislik, shaffoflik va adolat tamoyillariga sozsiz rioya qilish zamon talabi ekanligini takidlab otdi. Foto: Ichki ishlar vazirligi axborot xizmatiShuningdek, hozirgi kunda xodimlar ortasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, oqitish, malakasini oshirish borasida qator ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, ayrim mutasaddi rahbarlarning ushbu masalaga ota masuliyatsizlik bilan yondashib kelayotganligi, tizimda hamon nopok xodimlar tomonidan xizmat burchiga, qasamyodiga xoinlik qilinib, poraxorlik, tamagirlik, mansab vakolatini suiistemol qilish kabi xatti-harakatlar sodir etilishi davom etayotganligi tanqid qilindi.Jumladan, joriy yilda eng kop intizom buzish holatlari Yol harakati xavfsizligi (820 ta), Patrul-post (508 ta) hamda Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish (127 ta) xizmatlari hissasiga togri kelgan. Shu munosabat bilan ushbu sohaviy xizmatlarning barcha shaxsiy tarkibini yil yakuniga qadar navbatdan tashqari attestatsiyadan otkazish togrisida topshiriq berildi. Foto: Ichki ishlar vazirligi axborot xizmatiBu borada Ichki ishlar vazirligi markaziy apparati, oquv muassasalari, Qoraqalpogiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari, viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari kadrlar bilan ishlash xizmatlari rahbarlari yol qoygan kamchiliklari uchun qattiq ogohlantirilib, yil yakuniga qadar faoliyatida ozgarish qilmagan taqdirda ularning lavozimlarida qolish yoki qolmaslik masalalari korib chiqilishi haqida ogohlantirildi.Shuningdek, poraxorlik, tamagirlik, mansab vakolatini suiistemol qilish kabi salbiy illatlarga moyilligi bor nopok xodimlarni barvaqt aniqlash va ularni tizimdan chetlashtirish choralarini korish yuzasidan mutasaddi rahbarlarga tegishli topshiriqlar berildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0