Samarqandda Cobalt yonib ketdi (foto)
5-dekabr, payshanba kuni soat taxminan 14:51 da Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida harakatlanib ketayotgan Cobalt rusumli avtomobilning motor qismi va salon qismi yonib ketgan. Bu haqda “Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev xabar bermoqda. Foto: “Daryo”Ma’lum bo‘lishicha, 1951-yilda tug‘ilgan fuqaro A.Bahromovga tegishli avtomobilning motor qismidagi elektr simlarida qisqa tutashuv yuzaga kelishi natijasida yong‘in sodir bo‘lgan. Foto: “Daryo”Viloyat Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, Samarqand shahar YXB xodimlari yong‘in joyiga soat 14:55 da yetib borib, yong‘inni bartaraf etgan.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz