Ozbekiston elchisi qirolicha Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi

4-dekabr, chorshanba kuni London shahrida Ozbekistonning Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan qirolligidagi favqulodda va muxtor elchisi Said Rustamov qirolicha Yelizaveta II ga ishonch yorliqlarini topshirdi, deb xabar berdi TIV matbuot xizmati. Foto: Getty ImagesBukingem saroyidagi rasmiy marosimdan keyin bolib otgan suhbat chogida 15-asr boshlarida Angliya qiroli Genrix IV ning Amir Temur bilan diplomatik yozishmalari davriga taalluqli ikki mamlakat xalqlari ortasidagi tarixiy aloqalar, shuningdek, songgi vaqtda ikki tomonlama aloqalarda kuzatilayotgan ijobiy dinamika qayd etildi. Foto: Getty ImagesPrezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda olib borilayotgan keng kolamli va keng qamrovli islohotlar mavzusi alohida muhokama qilindi. Mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlarida Buyuk Britaniyaning ilgor tajribasi, ayniqsa talim, parlamentarizm, qonun ustuvorligi va bank-moliya sohalaridagi yutuqlaridan foydalanish boyicha Ozbekiston say-harakati takidlandi. Ozbekiston va Buyuk Britaniya ortasida yaqinda imzolangan Sheriklik va hamkorlik togrisidagi bitim qayd etildi, bu esa Buyuk Britaniyaning Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan tuzilgan ilk ikki tomonlama hujjati boldi.Buyuk Britaniya qirolichasi Ozbekistonning madaniy va tarixiy merosi, avvalo Samarqandning qadimiy arxitekturasi haqida xabardorligini namoyish etdi.Buyuk Britaniya rahbari talim sohasini ustuvor rivojlantirish, jumladan, boshlangich sinflardan ingliz tilini orgatishni joriy etish borasidagi Ozbekiston hukumatining say-harakatlarini yuqori baholadi va ozaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini qollab-quvvatladi, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0