Rossiyada 6 o‘zbek terrorchilikda ayblanmoqda
Rossiyaning Moskva shahrida “Hizb ut-tahrir” terrorchilik tashkilotining 7 a’zosi ushlandi, deb xabar beradi “Moskva” agentligi. Foto: “TASS”Qayd etilishicha, hibsga olinganlarning 6 nafari O‘zbekiston fuqarolari.“Sud Ma’rufjon Mamadaliyev, Farhodjon Kimsanov, Iqboljon Sultonov, Ikromiddin To‘xtasinov, G‘ulomjon Xoldorov, Azizbek Xolmatov va Ma’rufjon Malikovga nisbatan 2-fevralgacha qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlash bo‘yicha tergovchining iltimosnomasini qanoatlantirgan”, — deydi agentlik suhbatdoshi.Ularning bir nafari Rossiya fuqarosi bo‘lib, gumondorlar terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lganlikda ayblanmoqda. Ularga nisbatan 2020-yil 2-fevralgacha hukm chiqariladi.
Manba: Daryo.uz
Manba: Daryo.uz