Hilton Tashkent City’dagi nomerlar narxlari e’lon qilindi

Hilton Tashkent City mehmonxonasi 2020-yilning 1-fevralidan mehmonlarni qabul qila boshlaydi, deb xabar berdi Spot. Foto: Prezident matbuot xizmatiNomerlarni hozirdan e’tiboran bron qilish mumkin. Mehmonxonada standart nomer narxi 194 dollardan 258 dollargacha, vakillik nomeri 236 dollardan 310 dollargacha, burchakdagi nomerlar 353 dollardan 457 dollargacha, prezident lyuksi 1959 dollardan 2460 dollargacha.21 qavatli mehmonxonada 258 ta nomer bo‘lib, ulardan sakkiztasi prezident lyuksi hisoblanadi.Mehmonxona hududida uchta Izakaya Pan Asian Restaurant & Lounge, Shosh Restaurant va Tumbler Bar restoranlari bor.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0