Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva kapital tamirdan chiqarilgan noshirlik kollejining ochilish marosimida ishtirok etdi

5-dekabr, payshanba kuni AOKA tasarrufidagi Noshirlik kollejining kapital tamirdan chiqarilgan binosi oquvchilar uchun foydalanishga topshirildi. Bu haqda agentlik direktori Komiljon Allamjonov ozining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali malum qildi. Foto: AOKAKomil Allamjonov kollej kelgusida yetuk matbaachilar va noshirlarni tayyorlaydigan muhim maskanga aylanishiga ishonishini, buning uchun barcha sharoit va imkoniyatlar yetarli ekanligini aytgan. Foto: AOKA Foto: AOKAAOKA matbuot xizmatining Daryoga malum qilishicha, toliq kapital tamirdan chiqarilgan kollej binolari 540 oquvchiga moljallangan. Endi u yerda xalqaro talim stadartlariga mos shart-sharoitlar, darsxonalar va oquv laboratoriyalari yaratildi. Muassasa eng zamonaviy rusumdagi texnika va oquv jihozlari bilan taminlandi. Foto: AOKAUshbu talim maskanida sohaga oid kitob va elektron darsliklar fondiga ega katta axborot-resurs markazi, kompyuter va oquv-amaliyot xonalari, kichik bosmaxonalar, barcha sharoitlarga ega sport zali oquvchilarga xizmat korsatadi.Kollej 1970-yilda Toshkent matbaa texnikumi nomi bilan faoliyat boshlagan. Orta maxsus talim markazining 2004-yil 27-yanvardagi buyrugiga asosan, texnikumga Toshkent matbaa-noshirlik kasb-hunar kolleji deb nom berilgan.Ozbekiston Prezidentining 2019-yil 2-fevraldagi farmoniga muvofiq, kollej Noshirlik matbaa sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash kollejiga ozgartirildi va AOKA tasarrufiga otkazildi. Foto: AOKA Foto: AOKA Foto: AOKA Foto: AOKA Foto: AOKA Foto: AOKA Foto: AOKA Foto: AOKA Foto: AOKA

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0