Ozbekistonda World of Tanks uchun server dekabr oyida ishga tushirilishi kutilmoqda

Wargaming Ozbekistonda World of Tanks uchun serverni ishga tushiradi, deb xabar bermoqda Spot. Bu haqda avvaliga API manbasi xabar bergan bolsa, keyinchalik Ozbektelekom AK tomonidan ham rasman tasdiqlangan. Foto: Worldoftanks.euYozdan buyon bu haqda boshqa yangiliklar yoq edi, ammo yaqin kunlarda server dekabr oyidayoq ishga tushirilishi kutilayotgani malum boldi.Hozirning ozidayoq yakuniy ishlar olib borilmoqda. Serverda yarim yilda birinchi bor tekshirish va sinovdan otkazish uchun WGning texnik xodimlari paydo boldi. Bu u yaqin kunlar ichida ishga tushirilishdan darak beradi, deyiladi API xabarida.Mavzuga doir: World of Tanks asoschilari Toshkentga keldi. Ular bilan hamkorlikda vatanparvarlikka xizmat qiladigan kompyuter oyinlari ishlab chiqarilishi mumkinWargaming mahsulotlari Ozbekistonda juda mashhur. 2018-yilning aprel oyida Ozbekistonda u tomonidan ishlab chiqarilgan oyinlar kamida 22 ming kishi tomonidan oynalayotgani malum bolgan.Wargaming kompyuter oyinlarini yaratish boyicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri. 18 yillik faoliyati davomida kompaniya 15 dan ziyod turli platformalarga moljallangan oyinlarni ishlab chiqqan. Ular orasida World of Tanks, World of Warplanes va World of Warships kompyuter oyinlari Wargamingning eng ommalashgan mahsulotlari hisoblanadi.Mavzuga doir:Mirzo Ulugbek innovatsion markazi Wargaming bilan hamkorlikda Ozbekistonda kibersportni rivojlantiradi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0