Qashqadaryodagi maktabda IIB tashabbusi bilan stadion quriladigan boldi

Qashqadaryo IIB tashabbusi bilan Dehqonobod tumanining Obod qishlogidagi 51-maktabda stadion quriladigan boldi. Bu haqda viloyat IIB rahbariyatining qishloq ahli bilan bolgan muloqotida malum qilindi, deya xabar beradi Daryo muxbiri. Foto: DaryoAytilishicha, viloyat IIB rahbariyati tumanning Bozortepa va Obod qishloqlari ahli bilan muloqot otkazgan. Gulmurod Botayorov ism-sharifli oqituvchi maktabga stadion va qoshimcha bino kerakligini aytib murojaat qildi, deydi viloyat IIB axborot xizmati rahbari Iroda Rasulova. Maktabda bolalar uchun stadion bolmagan, 10 va 11-sinflar qayta tashkil etilgani bois qoshimcha oquv binoga ham ehtiyoj sezilgan. Boshqarma boshligi orinbosari shu yerning ozida tuman hokimi orinbosari Sohib Samadov bilan maslahatlashib, 2 oy muddat ichida maktab uchun stadion qurib berilishini aytdi. Stadion qurilishini oz nazoratiga olishini takidladi. Maktab uchun qoshimcha binoni 2020-yilgi davlat dasturiga kiritish haqida tuman xalq talimi bolimi rahbariyati bilan kelishildi. Stadion uchun davlat mablag ajratib berishini kutib otirmasdan, tuman va viloyat imkoniyatidan kelib chiqib, ozimiz harakat qilamiz, dedi boshqarma boshligi orinbosari Faxriddin Rahmatov. Greyder va kerakli jihozlarini beramiz, mahalla ahli esa hashar qilib, farzandlari uchun stadion qurilishiga bosh-qosh boladi. Nasib etsa, ikki oy muddatda bolalar maktab stadionida futbol oynaydigan boladi. Foto: DaryoMurojaatchi Muhriddin Rahimqulovga maktab yonida kutubxona va tikuvchilik sexi ochish uchun imtiyozli kredit ajratiladigan boldi.IIB matbuot xizmatining malumot berishicha, IIB rahbariyati va 3-sektorning ishchi guruh azolari mutasaddi davlat idoralari rahbarlari ishtirokida 69 nafar fuqaro bilan korishib, 12 nafar fuqaroning 13 ta masalasini tinglagan. 2 ta muammo joyida hal etilib, 11 tasi masul tashkilotlar ixtiyoriga topshirilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0