Toshkent viloyatida Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasi Toshkent viloyatida obodonlashtirish ishlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi qarorni qabul qildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda. Foto: NormaQarorga muvofiq, Toshkent viloyati hokimligi huzurida Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tashkil etildi. Tashkiliy tuzilmasi va boshqaruv xodimlarning umumiy cheklangan soni 21 nafar bolgan apparati tuzilmasi tasdiqlandi.Toshkent viloyati hokimiga ajratilgan shtat birliklari doirasida Bosh boshqarmaning apparati hamda shahar va tuman boshqarmalari tuzilmalariga ozgartirishlar kiritish huquqi berildi.Boshqarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: Toshkent viloyati shaharlar va tumanlar obodonlashtirish boshqarmalarining faoliyatini samarali tashkil etish hamda muvofiqlashtirib borish; kochalar, xiyobonlar, yodgorlik majmualari va umumiy foydalaniladigan boshqa yashil zonalarni kokalamzorlashtirish, daraxtzorlarni saqlash (parvarish qilish), sugorish boyicha agrotexnika tadbirlarini amalga oshirish, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashish; yol-koprik xojaligidan: kochalarning qatnov qismidagi yol qoplamasi, yolkalar, toxtash joylaridagi shiyponlar, yer osti otish joylari, kopriklar, transport yollari ajraladigan joylar va kotarma kopriklar, yol chetidagi bordyurlar, suv ajratish tarmoqlari va boshqa suniy inshootlardan foydalanish; drenaj xojaligi obyektlaridan: vertikal va gorizontal quduqlar, ochiq va yopiq kollektorlar, favvoralar, suniy suv havzalari, yer osti va yomgir suvlarini chiqaradigan nasos stansiyalaridan foydalanish; elektr energiyasini tejash maqsadida zamonaviy asbob-uskunalar va texnologiyalarni joriy etgan holda yollar va kochalarning tashqi yoritish ishlarini muvofiqlashtirish; nazoratsiz, shu jumladan, egasiz itlar, mushuklar va yirtqich hayvonlarni veterinariya-sanitariya qoidalariga rioya qilgan holda tutish hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bolimlariga olib kelish ishlarini nazorat qilish; qabristonlarni saqlash hamda ular hududida obodonlashtirish va kokalamzorlashtirish ishlarini olib borish. Obodonlashtirish bosh boshqarmasini saqlash uchun xarajatlar 2019-yilda Toshkent viloyati mahalliy budjetining mablaglaridan ajratiladi, 2020-yildan boshlab esa davlat budjeti parametrlarida nazarda tutiladi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0