Toshkentning yana ikki tumani issiqlik taminotidan vaqtincha uzildi

Toshkentning Mirobod va Sergeli tumanlarining ayrim hududlarida issiqlik taminotida uzilish sodir boldi, deb xabar bermoqda poytaxt hokimligi. Foto: Toshkent shahar hokimligiQayd etilishicha, bunga 5-dekabr kuni soat 02:45 da Mirobod tumanida joylashgan 6-sonli qozonxonadan taminlanuvchi 600 diametrli magistral issiqlik tarmogida avariya sodir bolgani sabab bolgan.Mavjud issiqlik quvuri muddatini otab bolganligi sababli hozirda uning tamirtalab qismi yangisiga almashtirilmoqda. Mazkur uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etishga zarur texnikalar va mutaxassislar jalb etilgan. Foto: Toshkent shahar hokimligiHokimlik yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr sorab, bugun soat 14:00 da aholi xonadonlari yana issiqlik tizimiga ulanishini malum qilgan.Kecha, 4-dekabr kuni Toshkentda issiq suv quvurlarining yorilishi oqibatida Shayxontohur, Chilonzor va Uchtepa aholisiningbir qismi issiqlik taminotisiz qolgan edi. Shayxontohur tumanining Beltepa dahasida suv quvuri yorilib, issiq suv daryo bolib oqayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan.Issiq suv quvuri yorilishi holati oktabr oyi oxirlarida Toshkentning Nukus-Afrosiyob kochalari chorrahasida ham sodir bolgandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0