Namanganda IIB maxsus tezkor rejalari asosida taktik mashqlar otkazildi

4-dekabr kuni Namangan shahrida IIB xodimlarining jangovar salohiyatini oshirish va jismoniya tayyorgarligini sinovdan otkazish maqsadida maxsus taktik mashgulotlar otkazildi. Bu haqda Namangan IIB axborot xizmati xabar bergan. Foto: Namangan viloyati IIB Axborot xizmatiMashq davomida shartli ravishda inkassatsiya xodimlariga hujum uyushtirib ular ketayotgan avtomobildan 500 million som pulni ogirlab Nexiada jinoyat joyidan qochib ketgan qurollangan xavfli jinoyatchilar Qala, Tosib ushlash va Sirena maxsus tezkor rejalarini amalga oshirish orqali bir nafar fuqaroni garovga olgan vaqtida maxsus guruh tomonidan qolga olingan. Foto: Namangan viloyati IIB Axborot xizmatiOquv mashgulotlarida Namangan viloyati IIB, DXX, Bojxona boshqarmasi, FVB, Milliy gvardiya 82923-sonli bolimi, Prokuratura va tezkor guruh azolari voqea joyiga yetib kelgan va mashq rejasi boyicha obyekt oldida tezkor shtab, jangovar boshqaruv markazi, tezkor guruhlar, aloqa, taminot va razvedka guruhlari tashkil etilgan. Foto: Namangan viloyati IIB Axborot xizmatiMashq yakunlangach Ichki ishlar vaziri orinbosari D.Qodirov rahbarligida xodimlarning harakatlari muhokama qilindi. Maxsus taktik mashq davomida tegishli xizmatlar va tuzilmalarning kuch va vositalari bilan tezkor boshqaruvni amalga oshirish, obyektlarda qoporuvchi harakatlarini sodir etilishiga qaratilgan urinishlarga chek qoyish, garovga olingan fuqarolarni ozod qilish, ularni evakuatsiya qilish, portlovchi vositalarni zararsizlantirish, jamoat tartibini saqlash, yongin, yol harakati va fuqarolar xavfsizligini taminlash, huquqbuzarliklarni oldini olish, avariya-qutqaruv ishlarini olib borish kabi ishlar sinovdan otkazilgan, deyiladi Namangan IIB Axborot xizmati bergan xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0