AI-91 rusumli benzinning birjadagi narxi qimmatlashdi

2019-yil 2529-noyabr kunlari Ozbekiston tovar xomashyo birjasida otkazilgan birja savdo natijalariga kora birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlar dinamikasi ustuvor ravishda pasaydi. Bu haqda birja axborot xizmatixabar berdi. Foto: Google ImagesKorib chiqilayotgan davr mobaynida 4944,7 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qoyildi va shundan 3486,4 tonnasi sotildi. Savdoning songgi haftasida AI-91 rusumli benzini boyicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan biroz kotarilib, bir tonnasi uchun 6233,4 ming somni tashkil etdi.Otgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 12,8 milliard somlik 4700,0 tonna suyultirilgan gaz sotdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 0,9 foizga pasayib, bir tonna uchun 2729,8 ming somni tashkil etdi.Qora metall bozorida narxlar pasayib borayotgani kuzatilmoqda. ST 12-35 GS armaturaning narxi 2,6 foizga pasayib, bir tonnasi uchun 5482,3 ming somni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallning hajmi jami 4,9 ming tonnani tashkil qilgan.Sement bozori ham kichik pasayishni korsatmoqda. PS M-400 D-20 sement boyicha narxlar avvalgi haftaga nisbatan 4 foizga pasayib, 510,5 ming somni tashkil qildi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni 460,0750,0 ming somni tashkil etmoqda.Birjada paxta tolasi narxlari pasayishi kuzatildi. Otgan hafta 1 nav 4 tip (oliy 2019)dagi paxta tolasi boyicha narxlar 1,9 foizga pasayib, bir tonna uchun 14,5 million somni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari ortacha 10,9 million somdan 13,6 million somgacha boldi.Plyonka ishlab chiqarishda foydalaniladigan I-0760 polietilenning narxi 2,7 foizga pasayib, 11,2 million somni tashkil etdi. Otgan haftada jami 1,8 ming tonna polietilen sotilgan.Otgan haftada karbamid bozorida ham narxlar biroz kotarilishi kuzatildi. Karbamid V ning bahosi otgan haftada 0,3 foizga kopayib, bir tonnasi uchun 1820,2 ming somni tashkil etdi. Umuman olganda, hafta davomida birja savdolari orqali 24,7 ming tonna mineral ogitlar sotildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0