Toshkentdagi firma 1 mln dollar kredit mablag‘ini talon-toroj qildi

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Shayxontohur tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “A.R.” MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslari tomonidan 1 million AQSh dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari talon-toroj etilgani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Xabar.uz”ga ma’lum qildi.MChJ tijorat banklaridan dori-darmon vositalarini xorijiy davlatlardan import qilish uchun 3,8 millon AQSh dollari miqdorida qarz ko‘targan. Biroq import shartnomalaridagi narxlar sun’iy ravishda oshirib ko‘rsatilishi evaziga 1 million dollar miqdoridagi kredit mablag‘i “singib ketadi”.Bu shundoq ham xorijdan keltirilgan qimmat dori-darmonlar narxi battar oshib ketishiga olib keladi.Mazkur holat yuzasidan “A.R.” MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0