Ozbekistonda eng arzon gosht qaysi bozorlarda sotilayotgani malum qilindi

Davlat statistika qomitasi 3-dekabr kuni Ozbekistondagi markaziy dehqon bozorlarida alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining narxlarini organib chiqdi va otkazilgan kuzatuv natijalari boyicha mahsulotlarning minimal-maksimal narxlarinikeltirdi. Foto: SputnikMol goshti (lahm goshtidan tashqari) 35 000 somdan 57 000 somgacha (kilogramm)Kuzatuv natijasiga kora, 1 kilogramm mol goshtining (suyaksiz goshtidan tashqari) minimal narxi Nukus shahrining Nukus dehqon bozorida qayd etilgan (35 000 som). Mol goshtining maksimal narxlari esa Toshkent shahrining Mirobod dehqon bozorida kuzatildi (57 000 som).Qoy goshti 37 000 somdan 64 000 somgacha (kilogramm)Qoy goshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga kora, Nukus shahrining Nukus dehqon bozorida (37 000) somdan royxatga olingan. Maksimal narxlari esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozorida (64 000) somdan kuzatildi.Kartoshka 1 800 somdan 4 000 somgacha (kilogramm)Olib borilgan kuzatuv natijalariga kora, kartoshkaning minimal narxi Nukus shahrining Nukus dehqon bozori, Toshkent shahrining Farhod dehqon bozorida (1 800 somdan), maksimal narxlari esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozori, Mirobod dehqon bozorida (4 000 som) qayd etildi.Piyoz 1 000 somdan 4 000 somgacha (kilogramm)Kuzatuv natijasiga kora, piyoz mahsulotining minimal narxlari Andijon shahrining Yangi bozor dehqon bozori, Andijon shahar markaziy dehqon bozori, Samarqand shahrining Siyob dehqon bozori, Damariq dehqon bozori, Yangiyol shahrining Ixtisoslashgan Yangiyol shahar dehqon bozorida (1 000) somdan kuzatildi. Maksimal narxlari esa Urganch shahrining Urganch markaziy dehqon bozorida kuzatildi (4 000 som).Sabzi 1 000 somdan 4 000 somgacha (kilogramm)Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga kora, Nukus shahrining Nukus dehqon bozori, Andijon shahrining Yangibozor dehqon bozori va Andijon shahar markaziy dehqon bozori, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori, Navoiy shahrining Saxovat bozori, Guliston shahrining Guliston dehqon bozori, Yangiyol shahrining Ixtisoslashgan Yangiyol shahar dehqon bozori, Urganch shahrining Urganch markaziy dehqon bozori, Toshkent shahrining Farhod dehqon bozorida (1000) somdan qayd etilgan. Maksimal narxi esa Toshkent shahrining Mirobod dehqon bozori, Oloy dehqon bozorida (4 000) somdan kuzatildi.Tuxum 5 000 somdan 10 000 somgacha (10 dona)Tuxum mahsuloti kuzatuv natijasiga kora, minimal narxi Toshkent shahrining Qoyliq dehqon bozorida kuzatildi (5 000 som). Maksimal narxi esa Buxoro shahrining Buxoro markaziy dehqon bozori, Toshkent shahrining Oloy dehqon bozori, Farhod dehqon bozori, Mirobod dehqon bozori, Eski Jova dehqon bozori va Qoyliq dehqon bozorida qayd etilgan (10 000 som).Guruch 4 000 somdan 18 000 somgacha (kilogramm)Guruch mahsulotlari kuzatuv natijalariga asosan minimal narx Nukus shahrining Nukus dehqon bozori, Buxoro shahrining Buxoro markaziy dehqon bozorida (4 000 somdan), maksimal narx esa Toshkent shahrining Oloy dehqon bozori, Mirobod dehqon bozorida kuzatildi (18 000 som).Osimlik yogi 9 000 somdan 13 500 somgacha (1 l.)Osimlik yogi mahsulotlari kuzatuv natijasiga kora minimal narxi Samarqand shahrining Siyob dehqon bozori, Guliston shahrining Guliston dehqon bozori, Urganch shahrining Urganch markaziy dehqon bozori, Toshkent shahrining Farhod dehqon bozori va Qoyliq dehqon bozorida (9 000) somdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Buxoro shahrining Buxoro markaziy dehqon bozori, Toshkent shahrining Oloy dehqon bozori, Farhod dehqon bozorida (13 500) somdan kuzatildi.Shakar 5 200 somdan 6 500 somgacha (kilogramm)Shakar mahsuloti kuzatuv natijasiga kora minimal narxi Toshkent shahrining Eski Jova dehqon bozori, Farhod dehqon bozori, Qoyliq dehqon bozori va Mirobod dehqon bozorida (5 200) somdan kuzatildi. Maksimal narxi esa Nukus shahrining Nukus dehqon bozori, Andijon shahrining Yangibozor dehqon bozori va Andijon shahar markaziy dehqon bozori, Jizzax shahrining Jizzax markaziy dehqon bozori va Eski shahar dehqon bozori, Namangan shahrining Namangan chorsu dehqon universal bozori, Samarqand shahrining Temiryol dehqon bozori, Termiz shahrining Termiz shahar dehqon oziq- ovqat bozori va Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori hamda Toshkent shahrining Eski Jova dehqon bozori , Mirobod dehqon bozorida (6 500) somdan kuzatildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0