AQSh Kongressida Trampga nisbatan impichment jarayoni qonuniy ekanligi ma’lum qilindi

AQSh prezidenti Donald Tramp impichmenti bo‘yicha tekshiruvlarning barcha uch qismi mavjud talablarga javob beradi va bu jarayonning o‘zi qonuniy. Bu haqda Kongress vakillar palatasi sud qo‘mitasi raisi Jerrold Nadler ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”. Foto: DWDemokratlar tomonidan jalb etilgan huquqiy masalalar bo‘yicha ekspertlar Trampning xatti-harakatlari impichment jarayoniga mos kelishini ta’kidladi.“Tramp bu tekshiruvlar unga nisbatan adolatsizlik bo‘lganini his etgani muhim emas. U o‘z ofisidan nafaqat himoya, balki tergovchilarga har qadamda xalaqit berish uchun foydalangani ahamiyatli”, — dedi Nadler.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0