Toshkentda metro va uch qavatli koprik qurilishi gaz taqchilligini keltirib chiqardi

Gaz quvurlarining demontaj qilinishi oqibatida Toshkentning ayrim tumanlarida gaz taqchilligi kuzatildi. Bu haqda Oztransgaz kompaniyasi matbuot xizmati malum qildi. Foto: Gazeta.uzDarhaqiqat, Rohat mavzesi tomondan Qoyliq bozorigacha bolgan Toshkent halqa yoli boylab yer usti metro qurilishi vaqtida, zarurat tufayli, 1,5 kilometr uzunlikdagi gaz quvuri demontaj qilindi. Shu sababli sovuq kunlarda shaharning ayrim hududlarida tabiiy gaz taqchilligi kuzatildi, deyiladi kompaniya axborotida. Foto: Gazeta.uzBugungi kunda gaz quvurini, uni yolning narigi tarafiga otkazish orqali, qayta tiklash ishlari olib borilmoqda. Hozirgacha diametri 700 mm bolgan 800 metr quvur yotqizib bolingan. Qurilishga 35 dan ortiq mutaxassis va 14 ta maxsus texnika jalb etilgan. Qurilish ishlari tunu-kun olib borilayotganini malum qilgan Oztransgaz vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr soragan.Gazeta.uzning qoshimcha qilishicha, gaz quvuri aynan qachon demontaj qilingani va uni qayta tiklash ishlari aynan qachon yakunlanishi haqida aniq malumot olib bolmagan. Foto: Gazeta.uzBundan tashqari, 29-noyabr kuni Facebookdagi TChSJ i kak s nim jit? guruhida Toshkentdagi Mahtumquli kochasi va Ohangaron yoli kesishmasidagi uch qavatli ostin-ustun yol qurilishi davomida magistral gaz quvurining bir qismi demontaj qilingani haqida anonim xabar qoldirilgan edi.Barcha say-harakatlarga qaramay, issiqlik tarmoqlarini qayta yotqizib chiqish ishlari kutilgan samarani bermadi va ilk qahratondayoq shahar muzlab qoldi. Ne baxtki, iliq kunlar kutilmoqda. Shahar boylab gaz bosimining pasayib ketgani issiqlik taminoti korxonalariga haroratni hech bolmasa normativ korsatkichga yetkazish imkonini bermadi. Oqibatda shahar muzlamoqda, hamma norozi. Nega bunday boldi? Sabab, takidlanganidek, issiqlik manbalariga yetkazib berilayotgan gaz bosimining pastligida. Malum bolishicha, uch qavatli koprikni qurish vaqtida diametri 700 mm bolgan va shaharni gaz bilan taminlab turgan ikki asosiy arteriyadan biri hisoblangan magistral gaz quvurining bir qismi demontaj qilingan. Nima uchun bu gaz quvurini sovuq kunlar boshlanguniga qadar qayta tiklash imkoni bolmagan? Sergeli 8-issiqlik markazi, Chilonzor 5-issiqlik markazi, Mirobod 6-issiqlik markazi va Sergeliga gaz yetmay qolishi hech qachon kuzatilmagan edi. Umid qilamanki, Oztransgaz gaz quvurini tezda qayta tiklanishi uchun zarur choralarni koradi, deb yozilgandi xabarda.Gazeta.uzning xabar berishicha, vaziyatdan boxabar manbalar bu xabarda yozilgan malumotlarni tasdiqlagan.Malumotlarga kora, 22-noyabrdan boshlab Toshkentning janubi-garbiy qismi Mirobod, Chilonzor, Sergeli, Shayxontohur, Yakkasaroy va Uchtepa tumanlarida gaz bosimi pasayib ketgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0