Ozbekiston aeroportlari kimga nasib etadi? Rossiya kompaniyasi bilan muzokaralar boshi berk kochaga kirib qolgan

Ozbekistonning ayrim aeroportlari Rossiyaning Novaport kompaniyasiga topshirilishi haqida xabar berilgan edi 2019-yil may oyida imzolangan hadli bitimga muvofiq, shirkat Samarqand, Namangan va Urganchdagi aeroportlarni modernizatsiya qilishga kirishishi kerak edi.Reja boyicha birinchi bolib Samarqand aeroporti rekonstruksiyadan chiqarilishi kerak: 2022 yilda shahar Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitini qabul qiladi, bu Samarqandning postsovet davrida qabul qilgan birinchi eng yirik tadbiri boladi.Soha mutaxassislarining takidlashicha, rekonstruksiya ishlari uchun qoyilgan muddat juda qisqa. Namangan va Urganch aeroportlari modernizatsiyasi uchun koproq taxminan besh yildan vaqt ajratilgan.Ushbu loyihalarda rossiyalik investorning ishtirok etishi MDHdagi xususiy egasi yoki investori yoq, biroq samaradorligi yuqori songgi infratuzilmaviy aktivlardan biri Toshkent aeroporti boshqaruvini qolga kiritish yolidagi ilk qadamlardan biri sifatida korilayotgan edi.Biroq, Rossiyaning Kommersant nashri malumotlariga kora, Ozbekiston hukumati va Novaport ortasidagi muzokaralar boshi berk kochaga kirib qolgan. Hukumat ushbu aeroportlarni investor sorayotganidek 30 yil muddatga konsessiyaga berishga tayyor emas.Kommersantning yozishicha, Ozbekiston hukumati boshqa investor izlash ishlarini allaqachon boshlab yuborgan, xususan, dekabr boshida Yaponiyaning Sumitomo korporatsiyasi bilan uchrashuv otkazilgan.Spot malumotlariga kora, bunda gap Ozbekiston investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umrzoqovning 3-dekabr kuni Sumitomo Corporation rahbariyati bilan bolib otgan uchrashuvi haqida bormoqda.Ushbu uchrashuvda haqiqatan ham mintaqaviy aeroportlarni modernizatsiya qilish va ularni boshqarish, sanoat va transport-logistika infratuzilma obyektlarini tashkil etish boyicha bir qator loyihalarni amalga oshirishda hamkorlik qilish imkoniyatlari korib chiqilgan.Kommersantning yozishicha, Novaport hali muzokaralardan chiqqani yoq va Ozbekistondagi aktivlarga hamon qiziqish bildirmoqda. Nashrning muzokaralar jarayonidan boxabar manbasi bergan malumotlarga kora, Novaport va Ozbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ortasidagi songgi uchrashuv taxminan ikki oy avval bolib otgan va konsessiya muddati haqidagi masalada toxtab qolgan.Kommersant malumotlariga kora, Novaport Ozbekiston aeroportlarini 30 yildan koproq muddatga olishni xohlamoqda, Ozbekiston rasmiylari esa bunga mutlaqo qarshi.Novaportni nazorat qiluvchi AEON xoldingi egalaridan biri Roman Trotsenkoning takidlashicha, kompaniya Ozbekiston hukumati bilan muzokaralarni toxtatmagan: Aeroportlarga qiziqish hali ham bor. Ayni vaqtda mamlakat hukumati bu aktivlar bilan ozi mumkin deb hisoblagan ishni qilishga haqli.Ozbekiston aeroportlarini SSSR parchalanib ketganidan to 2018 yilga qadar Prezident Shavkat Mirziyoyev aviatashuvchini Uzbekistan Airways va Uzbekistan Airportsga ajratish togrisidagi farmonni imzolagunicha, Ozbekiston havo yollari aviakompaniyasi tomonidan nazorat qilingan.Uzbekistan Airports oktabr oyida tashkil etilgan. Ochiq manbalardagi malumotlarga kora, Samarqand aeroportidagi yillik yolovchi oqimi 0,5 million kishini tashkil etadi. Namangan va Urganch aeroportlari boyicha ochiq manbalarda malumot yoq.VTB Kapital eksperti Yelena Saxanova Samarqand aeroportiga kiritilishi mumkin bolgan investitsiyalar taxminiy hajmini 300500 million dollarga baholamoqda. Kommersant suhbatdoshlari Ozbekiston aeroportlariga kiritilishi kutilayotgan investitsiya Novaportning yirik loyihalari qatoriga kiritilgan, biroq aniq summa oshkor qilinmagan.Aeroportlarning yapon kompaniyasiga berilishi ehtimoli haqida fikr bildirarkan, Kommersantning aeroport sohasidagi suhbatdoshlari yaponlarning ustunligi texnologiyalar va xalqaro kapitaldan foydalanish imkoni borligida bolishi mumkinligini qayd etib otdi.Biroq, Kommersant manbalaridan birining qayd etishicha, yapon korporatsiyalari sifatli ammo uzoq qurishadi, ular yopirilib ishlashga organmagan, shu bois investitsiya kiritishning shoshilinch muhlati va konsessiyaning qisqa muddatiga ularning ham rozi bolishi ehtimoli kam.Yelena Saxanovaning takidlashicha, aeroportlarga kiritilgan investitsiyalar odatda 1015 yilda, yirik loyihalar esa 1520 yilda va undan koproq muddatda ozini oqlaydi. Shu jihatdan olib qaraganda, Saxanovaning fikricha, Novaport sorayotgan muddat asoslidek korinadi. Boshqa tomondan esa, Yaponiya tomonida texnologik jihatdan ustunlik bolishi mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0