Ozbekistonda bir-birining OITS bilan kasallanganligini bila turib oila qurganlar bor. Shu oilalardan biri intervyu berdi

Sevimli telekanalining Xayrli oqshom dasturida aynan OITS kasalligi sabab bir-biri bilan tanishgan va bir-birining shunday kasallikka chalinganini bila turib, oila qurgan ozbekistonlik er-xotinning intervyusi elon qilindi. Intervyu davomida ularning shaxsiy oshkor etilmagan, yuzi korsatilmagan.Er Kadr: Sevimli / YouTubeShifoxona bor. 2008-yili osha yerda yotganimda mendan qon analizi olgan-da, javobini aytmagan. Bir hafta otgach ikkinchi marta qon olishdi. Kasalxonadan chiqqanimdan keyin SPID-sentrga kelib, epidemiya bolimiga kirib, tekshirtirdim. Har ikkala tekshiruvda ham kasallik chiqqan menda. Kasal bolganimni 2008-yilga kelibgina bildim. Ungacha bilmaganman.Men oilada kenja ogilman. 8-sinfni bitirganimdan keyin avtochilangar bolib ishga kirdim. 1993-yilgacha avtobazada ishladim. Asta-asta sokrasheniyalar boshlandi. Ishsiz qolganimdan keyin ustachilikka chiqib ketdim, ustalik qildim. 2002-yili Sankt-Peterburgga jonab ketdim. Shu bilan u yerda ham ishchi, yuk tashuvchi bolib, qanday ish bolsa, shuni qilib ketaverdim.Sankt-Peterburgda toqqiz yil boldim. Togrisi, men bilan birga yashagan qiz narkoman edi. Moldovan edi, u bilan bir joyda ishlaganmiz, osha yerda tanishib qolganmiz. Osha vaqtda bitta shprits bilan 10 kishi ham ukol qilgan joylari bolgan. Bitta yangi shpritsni sotib olishga ham imkoniyat bolmasdi.2008-yili kasal bolganimni bilganimda stressga tushib qoldim. Olamanmi, nima boladi endi, oila azolarim nima deyishadi? Aka-uka, qarindosh-urug buni hech kimga aytolmaysiz. Qorquvga tushib qolasiz. Bilsa, meni endi hamma chetlashtirib qoyadi, toylarga aytmaydi, salomlashmay qoyadi, deb qorqasiz. Bu juda ogir dard-da!Bir umr afsuslanib otasiz. Bir kun emas, bir kecha emas, yo bir esga tushib qolganida emas. Umringizning oxirgi nafasigacha afsuslanasiz. Lekin hayotni orqaga qaytarib bolmaydi. Hayot kuydi shu bilan. Onam men kasal bolgan kundan boshlab siqilyapti ona-ku. Men, mana, hozir Toshkentdaman to qaytib borgunimcha uxlamaydi onam.Akalarim, opalarim emas, jiyanlarim oldida uyalaman (yiglaydi). Odamlar: amaking kasal, deyapti, degan gaplaridan uyalaman. Jiyanlarim oliy malumotli, chet ellarda yashaydi shulardan uyalaman... Ozim yaxshi oiladanman. Qiz beraman degan qancha oilalar bor edi. Lekin bolmadi-da...Shunday holatga kelib qolgandim-ki, oxiri faqat olimni tan olganman. Hech narsani oylamay qoygandim. Asta-sekin menga dalda berishdi, tushuntirib berishdi. Olmaysiz, togri, yaxshi yashasangiz, uzoq umr korasiz, deb menga hamma narsani tushuntirib berishdi.Uylanish uchun besh yil ozimga munosib, ozim kabi kasal qiz qidirdim. Besh yildan song bolajak rafiqam bilan tanishib qoldim. Odamlar onamga: Oglingizga kelin olib kelgan kuningiz bitta dardingiz ikkita boladi, deyishgan. Hozir nolimayman. Bir-birimizni tushunamiz. Birga ishlaymiz. Lekin hech kimga ziyonimiz yetmaydi. Jamiyat uchun toliq ishlaymiz.Ozimizni nogiron hisoblamaymiz. Ozimizni ozimiz eplaymiz. Dori-darmon, davolanish, togri ovqatlanish, bir-birimizga madad beramiz. Uning mazasi bolmasa, men turgazmayman yotib, damini olib, ikki kun yotsa, ikki kun yotadi. To oziga kelib, yaxshi bolib, oyoqqa turmagunicha indamayman. Men kasal bolsam, u menga qaraydi.Xotin Kadr: Sevimli / YouTubeOilada tort farzand bolganmiz. Bolaligim shox, begubor otgan. Endi u damlarni, bolalikdagi shoxliklaringizni baribir soginasiz. Toshkentda yol nazoratchisi (DAN xodimi) bolish uchun oqimoqchi edim, onam ruxsat bermaganliklari uchun oqiy olmadim. Qarindoshimizga turmushga chiqqandim. Yetti yil yashadim, qaynonam sababli ajrashdik. Bitta farzandim bor.Boshqa turmush qurdim. Yana sovchi orqali. Hayotimiz boshlangach, bir kun mazasi qochganida: Yaxshimisiz?, deb sorasam, avvaliga ha dedi. Keyin kasallik chiqqanini aytdi. Boshida ishonmadim. Keyin mendan ham qon olishdi. Mendan ham shu kasallik chiqdi. Shunga qaramay, u bilan uchtort yil yashadim. Shu kasallik sababli olamdan otdilar. Shu bilan yana ayamnikiga qaytib keldim.Qattiq tushkunlikka tushdim. Hatto oz jonimga qasd qilishgacha bordim. Onam bechora meni qutqardi. Shu ish boshingga tushgan bolsa nima qilamiz endi, unday qilma, bolam, dedilar. Psixologlarga olib borib, tushuntirishlar qilishganidan keyin bildimki, bundan qorqmaslik kerak ekan. Doxtirlarning maslahatlari bilan shu vaqtgacha yuribmiz.Xojayinim bilan bozorda tanishganmiz. U kishi ham bilardi mening shunday kasal ekanimni. Shifoxona, poliklinikalarga borganimizdan bir-birimizni bilardik. Taqdir ekan, sovchi qoydilar, uch yildan beri yashayapmiz. Hammalari yaxshi, qaynonam yaxshilar. Tushunishadi, oqimishli.Qaynonamga rahmat. Kasal bolsam, qaraydilar qari bolsalar ham qaraydilar. Hammalarini yaxshi koraman, hammaligi mehribon. Xojayinim kasal bolsam menga qaraydi, yaxshi qaraydilar. Sog bolsam, bir-birimizga tirgak bolib yuribmiz.FarzandAyolning hikoyasidan malum bolganidek, uning birinchi turmushidan bir ogli bor va u onasining kasalligidan xabardor.Kasal ekanimni oglimga aytganman. Ozimizdagi SPID-sentrga olib borib, qon topshirtirganmiz. Shunaqa kasalligimni bilib, bechora bolam yiglab yuborgan. Oglim soglom, undan bunday kasallik chiqmadi. Oglim dadasining oilasida, buvisi bilan yashaydi. Kelib turadi. Uyga ham olib kelaman. Bu kishi (hozirgi turmush ortogi) ham uni yaxshi koradilar, deydi ayol.Endi, bolaga kelganda, hozircha u yosh. Hali yonalishini tanlab olgani yoq. Bir musiqaga qiziqadi, bir boshqasiga. Bir-ikki yil qarayman, nasib bolsa, ozim ham ustaman, birorta yaxshi mexanikkami, motoristgami shogirdlikka beraman. Hozircha indaganimiz yoq, dedi erkak.Korsatuvni toliq quyida tomosha qilish mumkin:

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0