Toshkent shahar IIBB og‘ir ahvolda qolgan keksa ayolga yordam ko‘rsatdi (foto+video)

28-noyabrda Chilonzor tumanida joylashgan masjid yaqinida tilanchilik qilayotgan keksa ayolga moddiy yordam ko‘rsatishni so‘rab videomurojaat yo‘llangan. Toshkent shahar ushbu video yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi. Foto: Toshkent shahar IIBB“Toshkent shahar IIBB xodimlari Chilonzor tumani IIO FMB xodimlari masjid atrofida yurgan ayolni topib, eng yaqin mahalla fuqarolar yig‘ini – “Yakkabog‘” mahallasiga olib kelgan. IIBB mutasaddilari onaxonga issiq choy berib, undan kimligi, qayerdan kelgani va qanday yordamga muhtojligi haqida so‘ragan. Foto: Toshkent shahar IIBBAyolning gaplariga qaraganda, uning ismi Parida opa, yoshi 76 da, Jizzax viloyatida tug‘ilgan. Uning uyi yong‘in oqibatida qulab tushgach, farzandlari va nevaralari bilan Toshkentga ko‘chib kelgan. Oila poytaxtda ijarada yashaydi, farzandlari ishsiz, og‘ir moliyaviy ahvolda qolganligi sababli u har kuni masjid yonida tilanchilik qilishga majbur bo‘layapti. Foto: Toshkent shahar IIBBIIO FMB ayollar masalalari bo‘yicha xodimalari onaxonni Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markaziga vaqtinchalik joylab, jizzaxlik hamkasblari bilan bog‘langan. Olib borilgan ishlar davomida ma’lumotlarning bir qismi tasdiqlandi: Parida K. 1943-yilda Jizzax viloyati Do‘stlik tumanida tug‘ilgan, hozirda u yerda qizi M.J. istiqomat qiladi. 3-dekabr kuni Jizzax viloyati Do‘stlik tumani IIB fuqaroga yordam ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni o‘z zimmasiga oldi. Foto: Toshkent shahar IIBBParida K.ning yashash sharoiti o‘rganilgach, uning oilaviy sharoiti og‘irligi ma’lum bo‘ldi: farzandlari ayolni parvarish qilmaydi, har doim ham onasidan xabar olish imkoniyati yo‘q. Uysiz qolgan oilaning moliyaviy ahvoli yanada qiyinlashgan. Hozirgi vaqtda onaxon qizi M.J.ning qaromog‘ida. Jizzaxlik hamkasblarimiz ma’lum qilishlaricha, Parida opaga yordam ko‘rsatish ishlarida Do‘stlik tumani hokimi o‘rinbosari G. Xolmurodov, ushbu tuman “Chinobod” MFY raisi M. Saidov va ayollar masalalari bo‘yicha profilaktika inspektori leytenant N. Rasulova ishtirok etmoqda. Ayolning pensiya ta’minoti va statsionar davolanishga joylash masalasi hal qilinmoqda” , — deyiladi Toshkent shahar IIBB rasmiy saytidagi xabarda. Foto: Toshkent shahar IIBB Foto: Toshkent shahar IIBBXabarga onaxonga ko‘rsatilgan ijtimoiy yordam, u bilan qilingan suhbatlarning fotolavhalari ilova qilingan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0