Fargonada yerni kovlayotgan ekskavatorchi gaz quvurini teshib qoydi

3-dekabr, seshanba kuni soat 15:15 atrofida Beshariq tumani, Baxmal qishlogi hududidan otgan Fargona magistral gaz quvurlari boshqarmasiga qarashli quvur tarmogining 45 kilometri oraligida noqonuniy holda, tegishli ruxsatnomalarsiz ekskavator yordamida yer ishlari olib borilgani oqibatida magistral gaz quvur tarmogiga shikast yetkazilgan va quvur teshilgan. Bu haqda Oztransgaz AJ matbuot xizmati xabar bermoqda. Foto: Oztransgaz AJ matbuot xizmatiBu esa yongin kelib chiqishiga sabab bolgan va ekskavator haydovchisi, 1960- yilda tugilgan D.M. kuyish tan jarohati olib, Beshariq shahar shifoxonasiga yetkazilgan.Avariya holatini tezkor ravishda bartaraf etish uchun magistral gaz quvuriga gaz berish toxtatilgan va yongin tezda ochirilgan.Shikastlangan gaz quvuri kech soat 20:50 da qayta tiklangan, aholiga tabiiy gaz yetkazib berish esa 4-dekabrda tiklandi.Hurmatli vatandoshlar! Barcha turdagi energiya taminoti tizimining, ayniqsa yuqori bosimli gaz quvurlarining muhofaza hududi va xavfsizlik talablariga amal qilishga hamda shu kabi holatlarning oldini olishga chaqirib qolamiz, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0