Buxoroda gaz quvuriga noqonuniy ulanish holati aniqlandi

NaturalGas-Stream qoshma korxonasining Chandir koni xodimlari tomonidan Buxoro viloyati hududida joylashgan ChandirJanubiy Kemachi 57 kilometrli gaz quvuri liniyasini korikdan otkazish davomida ushbu gaz quvurining 9,2 kilometrida noqonuniy ravishda gaz kondensatini olish uchun ulanish fakti aniqlandi. Bu haqda qoshma korxona matbuot xizmati malum qildi. Foto: NaturalGas-StreamXususan, 32 millimetr diametrli va uzunligi 250 metr bolgan polietilen shlang yer yuzasidan 20-50 santimetr chuqurlikka komib qoyilgan.NaturalGas-Stream MChJ rahbariyati darhol Novmitan qorgoni militsiya tayanch punkti uchastka noziriga murojaat qildi. Gaz quvuriga noqonuniy ulanish fakti rasmiylashtirildi va amaldagi qonunchilikka muvofiq, tegishli chora-tadbirlarni korish uchun ushbu noqonuniy ishlarga aloqador shaxslarni aniqlash ishlari olib borilmoqda.Kompaniya mutaxassislari yuqori bosimli gaz quvurida ishlash boyicha meyorlarga rioya qilgan holda ChandirJanubiy Kemachi gaz quvuri uchastkasida noqonuniy ulanish oqibatlarini bartaraf etdi.Qayd etish joizki, qoshma korxona mutasaddilari avval ham IIBga mazkur gaz quvuriga shu kabi noqonuniy ulanishlar boyicha murojaat qilgan. Ushbu holat 2017-yildan buyon tortinchisi bolib, ayrim nohalol shaxslarning xatti-harakatlari tufayli aholiga gaz yetkazib berishda uzilishlaryuzaga kelmoqda va Ozbekiston iqtisodiyotiga zarar yetkazmoqda, deyiladi xabarda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0