Sirdaryo va Toshkentda 420 mln so‘mlik pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi fosh etildi

Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idora vakillari bilan o‘tkazgan tezkor tadbir davomida pirotexnika vositalarining yana bir noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda. Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmatiMa’lum qilinishicha, tezkor tadbir davomida fuqarolar P.A. va K.E. shartli xaridor bilan oldindan kelishib, belgilangan joyga Matiz rusumli avtomashinada 86 400 dona pirotexnika vositasini olib kelganida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.Toshkent shahar Chilonzor tumanida o‘tkazilgan tadbirda esa fuqaro M.B. boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina to‘xtatilib, belgilangan tartibda nazoratdan o‘tkazildi.Natijada avtomashinada tegishli hujjatlari bo‘lmagan 115 200 dona pirotexnika vositasi borligi aniqlandi.O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida umumiy qiymati 420 million so‘mlik 201 600 dona pirotexnika vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0