Andijonda yuz bergan gaz portlashi oqibatida 11 kishi jabrlangani malum qilindi

Andijon shahrida 4-dekabr, chorshanba kuni soat 14:13 atrofida 2-kichik daha Soglom avlod MFY Lermontov kochasidagi 7-sonli kop qavatli uydaqolbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash natijasida yongin sodir bolgani haqidaxabar berilgan edi. Ozbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamenti voqea yuzasidan qoshimcha malumot berdi. Foto: Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentiXabar berilishicha, portlash va yongin 30 yoshli fuqaro D.S.ning xonadonida ornatilgan gaz tortgich moslamasida uyda hech kim yoqligi va nazoratsiz qolishi oqibatida kop miqdorda gaz toplanib chaqnashi natijasida kelib chiqqan.Mavzuga doir:Andijonda kop qavatli uyda portlash yuz berdi. Hodisa oqibatida 8 kishi kasalxonaga yotqizildi (video)Malum qilinishicha, yongin oqibatida mazkur kop qavatli uyda joylashgan 8 ta xonadon zarar korgan hamda 11 kishi termodestruktiv mahsulotlaridan zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan. Jabr korganlar orasida 3 nafar voyaga yetmagan bola bor. Jabrlanganlar orasida qurbonlar yoq.Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar IIB huzuridagi Tergov bolimi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.Voqea yuz bergan joyga Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonov yetib borgan va mutasaddi tashkilotlarga yuzaga kelgan zararni qoplash, fuqarolarga ijtimoiy yordam korsatish yuzasidan topshiriq bergan.Shuningdek, hodisa yuz bergan joyga favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi orinbosari boshchiligida tezkor guruh jonatilgan.Mavzuga doir:Andijonda sodir bolgan gaz portlashi boyicha FVV va viloyat hokimligi xabar berdi

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0