Buxoroda 15 mln somni ogirlagan uy xizmatchisi qolga olindi

Buxoroda bir muddat uy xizmatchisi bolib ishlagan fuqaro xonadon egasining temir seyfidan 15 million som naqd pullarini ogirlab ketdi va qolga olindi. Bu haqda Buxoro viloyat IIB Daryoga xabar berdi.Malum bolishicha, Qorakol tumanida yashovchi fuqaro E.U. tuman IIBga nomalum shaxs tomonidan xonadonidagi temir seyfdan 15 million som naqd pullari ogirlab ketilganini malum qilgan.Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari natijasida ushbu ogirlik bundan bir necha oy ilgari uning xonadonida malum muddat tomorqa ishlarini bajarib kelgan uy xizmatchisi tomonidan sodir etilgani aniqlangan.Tumandagi Dargali mahallasida yashovchi X.J. ushbu xonadonda temir seyf va uning kaliti qayerda turishidan xabardor bolgan. U qolga olingunga qadar ogirlangan 15 million som pulning yarmidan ortigini sarflashga ulgurgan. Qolgan 7 million som pul X.J.dan ashyoviy dalil sifatida tegishli tartibda olingan.Holat yuzasidan X.J.ga nisbatan Ozbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi, 2-qismi bilan jinoyat ishi qozgatilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0