Samarqandda Gollivud tipidagi Cinema City Sollywood kino shaharchasi quriladi (foto)

Samarqandda AQSh hamda dunyo kinosanoati markazlaridan biri bolgan Gollivud tipidagi kino shaharchasi quriladi. Bu haqda Daryo muxbiri Farhod Norbotayev xabar bergan. Foto: DaryoSamarqand viloyati Nurobod tumani Oqsoy hududida qurilishi rejalashtirilgan kinoshaharcha loyihasi Vendo group kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.Loyihaning umumiy yer maydoni 160 gektar bolib, shaharcha Cinema City Sollywood nomini oladi. Unda zamonaviy korinishdagi 34 yulduzli mehmonxonalar, restoran va kafelar, dam olish va istirohat boglari (bulvar, tropik), akvapark, kinoteatr, konsertlar va konferensiyalar otkaziladigan zallar barpo etiladi, deydi loyiha muallifi H.Mamasoliyev. Foto: Daryo2022-yilda tola quvvatda ishga tushiraladigan ushbu loyiha tufayli hududda 500 ga yaqin yangi ish orinlari ochiladi. Shaharcha AQShning Daha USA Grouphamda Xitoyning Yiwu Compass Trading kompaniyalari bilan hamkorlikda quriladi. Birinchi bosqichda 15,0 million AQSh dollari miqdoridagi investitsiya mablaglarini kiritish rejalashtirilgan. Foto: DaryoShuningdek, shaharchada avtomobil ishqibozlari uchun Avtoralli yolagi, turizmni rivojlantirish va sayyohlar tashrifini oshirish uchun Okeanarium qurish ham kozda tutilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0