APL. Man Yunayted Tottenhemni yengdi, Liverpul esa 7 ta gol urilgan oyinda galaba qozondi (video)

Futbol boyicha Angliya Premyer ligasining 15-turi doirasida 4-dekabr, chorshanba kuni 6 ta oyin bolib otdi. Foto: ReutersOle-Gunnar Sulsher qol ostidagi Manchester Yunayted Old Traffordda Joze Mourinyo boshliq Londonning Tottenhem jamoasini qabul qildi.Uchrashuvning 6-daqiqasidayoq mankunianlar hujumchisi Markus Reshford hisobni ochgan bolsa, 39-daqiqaga kelib shporlar yarim himoyachisi Dele Alli hisobni tenglashtirdi (1:1). 49-daqiqada esa londonliklar darvozasi tomon penalti belgilandi va undan Reshfordning ozi unumli foydalanib jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.Shu tariqa oyin 2:1 hisobida Yunaytedning galabasi bilan yakunlandi va jamoa muhim 3 ochkoga ega boldi.Mazkur galabadan song qizil iblislar ochkolari sonini 21 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 6-oringa kotarildi. Tottenhem esa 20 ochko bilan 8-pogonada bormoqda.Frenk Lempard boshchiligidagi Londonning Chelsi klubi esa oz maydonida Aston Villa bilan bahsga kirishdi.Bellashuvning 24-daqiqasida aristokratlar hujumchisi Temmi Abraham Ris Jeyms uzatgan topni raqib darvozasiga joylab qoygan bolsa, 41-daqiqaga kelib mehmon jamoa yarim himoyachisi Trezege hisobni tenglashtirdi (1:1). 2-bolimning 48-daqiqasida koklar vakili Meyson Maunt jamoasining galaba goliga mualliflik qildi (2:1).Qayd etish joiz, Chelsi 29 ochko toplagan holda musobaqa jadvalida 4-orinni band qilib turibdi. 15-orinda borayotgan Aston Villa hisobida esa 15 ochko mavjud.Shu kuni Yurgen Klopp boshqaruvidagi Liverpul esa oz uyida Evertonni sinovdan otkazdi.Uchrashuv davomida Divok Origi (6, 31), Jerdan Shaqiri (17) Sadio Mane (45) hamda Jorjinyo Veynaldum (90) qizillarning gollariga mualliflik qilgan bolsa, Evertondan Maykl Kin (21) va Risharlison (45) oz nomiga bittadan gol yozdirib qoydi.Natijada Liverpul oz yuida kechgan bahsda Evertonni 5:2 hisobida maglubiyatga uchratdi.Malumot uchun, musobaqa jadvalida mutlaq yetakchilik qilayotgan Klopp jamoasi 43 ochko jamgardi. Everton esa 14 ochko bilan 18-orinni egallab turibdi.APL15-tur bahslari4-dekabr, chorshanbaLesterUotford 2:0Gollar: 1:0 55, penalti Vardi, 2:0 90 MeddisonVulverhemptonVest Hem 2:0Gollar: 1:0 23 Dendonker, 2:0 86 KutroneManchester YunaytedTottenhem 2:1Gollar: 1:0 6 Reshford, 1:1 39 Alli, 2:1 49, penaltiReshfordChelsiAston Villa 2:1Gollar: 1:0 24 Abraham, 1:1 41 Trezege, 2:1 48 MauntSauthemptonNorvich 2:1Gollar: 1:0 22 Ingz, 2:0 43 Bertran, 2:1 65 PukkiLiverpulEverton 4:2Gollar: 1:0 6 Origi, 2:0 17 Shaqiri, 2:1 21 Kin, 3:1 31 Origi, 4:1 45 Mane, 4:2 45 RisharlisonYanada koproq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bolishni istasangiz, Daryoning Telegramdagi rasmiy sport kanali @daryo_sportga obuna boling!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0