Karbonat angidrid gazini toplash va uni qayta ishlash sohasi katta biznesga aylanishi mumkin

Yangi tadqiqotga kora, atmosferadan karbonat angidrid gazini yigish va uni yoqilgiga yoki, qurilish materiallariga aylantirish sohasi yangi biznes yonalishga aylanishi mumkin. Bu haqda Daryo kolumnisti Muzaffar Qosimov hikoya qiladi.Los-Anjelesdagi Kaliforniya texnologik universiteti, Oksford universiteti va yana beshta yetakchi ilmiy tadqiqot muassasalari tomonidan otkazilgan izlanishi natijalariga kora, havodan karbonat angidridni yigish va uni qayta ishlash orqali, yoqilgi yoki qurilish materiallarga aylantirish sohasi tijorat nuqtai nazaridan yangi yirik biznes yonalishiga aylanishi mumkinligi qayd etilgan. Foto: Google PhotosAgar bu ish amalga oshsa, u orqali albatta issiqxona gazlari miqdorini kamaytirish va atrof-muhit muhofazasi borasida katta ishlar qilish imkonini beradi. Bu haqdagi maqola mualliflar guruhi tomonidan Nature jurnalida elon qilingan.Maqolada takidlanishicha, olimlar atmosferadan uglerod dioksidini tutish va undan yoqilgi, plastmassa, qurilish ashyolari, tuproqshunoslik mahsulotlari, ormon xojaligi uchun kimyoviy moddalar singarilarni ishlab chiqarish singari imkoniyatlarini chamalaydigan 10 xil qayta ishlash usulini tahlil qilib chiqqan. Albatta, har bir usul uchun iqtisodiy samaradorlik va texnik imkoniyatlar organib chiqilgan. Tadqiqotlarda yonilgi yonishi tufayli hosil boladigan va atmosferaga tashlanayotgan karbonat angidrid gazini tutib qolish va atmosferaning ozidan ham, mavjud uglerod dioksidni yigish texnologiyalari korib otilgan. Asosiy urgu uglerod dioksidini biotexnologiyalar vositasida, xususan, fotosintez singari jarayonlar orqali tutish imkoniyatlarini tekshirishga qaratilgan.Tadqiqot xulosalari ham qiziq. Unga kora, tahlil qilib chiqilgan 10 xil usulning har biri yiliga ortacha 0,5 gigatonna karbonat angidrid gazini tutib qolish va foydali mahsulotga aylantirish imkonini berar ekan. Yani bu texnologiyalar shuncha uglerod dioksidni atmosferaga tashlanishining oldini oladi.Maqolaning iqtisodiy tahlillar berilgan qismida esa uglerod dioksidining har bir tonnasi ortacha 100 AQSh dollaridan kamroqqa tushishi hisoblangan. Eng katta potensialga ega qayta ishlash sohasida yillik karbonat angidrid gazi istemoli 10 gigatonnagacha borib yetishi taxmin qilingan.Tadqiqotlar shuni korsatdiki, karbonat angidrid gazini foydali mahsulotlarga qayta ishlash sohasi nafaqat global iqlim muammolariga qarshi kurashda yordam sifatida qaralishi mumkin; balki bozor iqtisodiyotining koplab sohalari uchun daromadli biznesga ham aylanishi mumkin ekan, deya izoh berib otgan maqola mualliflaridan biri, kimyo va biomolekulyar muhandislik professori Emili Karter. U yana vaqtingiz kam, tezkor ishga kirishish kerak, deya qoshimcha qilgan.Iqlim ozgarishlari boyicha xalqaro ekspertlar guruhi malumotlariga kora, XXI asr oxirigacha bolgan keyingi yillarda global iqlim isishini 1,5 darajadan oshirmaslik maqsadi uchun atmosferadan yiliga ming gigatonnagacha karbonat angidrid gazini yigib olish zarur bolar ekan. Hozirda jahon boylab atmosferaga karbonat angidrid gazi tashlanishi miqdori yiliga ortacha 1 foizdan ortib bormoqda va otgan 2018-yilda rekord korsatkich jami 37 gigatonnani tashkil qilgani aytilmoqda.Maqola hammualiflaridan biri Oksford tadbirkorlik maktabi direktori Kemeron Xepbern esa basharti biz uglerod oksidlarini atmosferaga tashlash miqdorini kamaytira olmayotgan ekanmiz, iqlim muammolarini bartaraf etish yolida, endi, atmosferadagi uglerod oksidlarini yigish qayta ishlashni yolga qoyishimiz kerak. Hukumat va korporatsiyalar albatta bu borada ish boshlashgan, lekin, etibor hanuz yetarlicha emas, deb qoshimcha kiritgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0