Toshkentda yuzini tibbiyot niqobi bilan berkitgan bosqinchilar dorixonani o‘mardi

21-noyabr, payshanba kuni soat 01:10 atrofida 26 yoshli N.M., 25 yoshli I.X. va 23 yoshli N.I. yuzlarini tibbiyot niqobi bilan berkitgan holda Chilonzor tumani, 18-mavzedagi MChJga qarashli dorixonaga kirib, sotuvchi X.M.ning yuziga urib, sumka ichidagi 16 500 000 so‘m va kassadagi 1 500 000 so‘mni qo‘lga kiritib, hodisa joyidan yashiringan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti ma’lum qildi. Foto: IIV huzuridagi Tergov departamentiOlib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida I.X. jinoiy sheriklari bilan birga ushlangan.Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani bo‘yicha IIO FMB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.Dastlabki tergov jarayonida I.X., N.M. va N.I.ga nisbatan JKning 164-moddasi 3-qismi “v” bandi (bosqinchilik) bilan ayblov e’lon qilinib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.Hozirda ushbu jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0