Toshkentda Umid jamgarmasi bitiruvchilarining birinchi xalqaro konferensiyasi bolib otadi

2020-yilning 34-yanvar kunlari Umid jamgarmasi bitiruvchilarining birinchi xalqaro konferensiyasi bolib otadi. Forum Yangilanayotgan Ozbekistonga kadrlar yangi avlodi mavzusida otkaziladi. Bu haqda Daryoga Ozbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi qoshidagi El-yurt umidi jamgarmasi malum qildi. Foto: El-yurt umidi jamgarmasiXabar berilishicha, ushbu konferensiya turli avlodlarning umidchilarini Ozbekiston taraqqiyoti yolida birlashtirishga qaratilgan birinchi tadbir bolishi kutilmoqda. Tadbir Umid Reunion 2.020 nomi ostida bolib otadi.Konferensiyaning vazifalaridan biri Umid jamgarmasi bitiruvchilari ortasida doimiy aloqa uchun platforma yaratish va ularni Ozbekistonda davlat boshqaruvi va iqtisodiy modernizatsiya sohasida amalga oshirilayotgan keng kolamli islohotlar bilan tanishtirishdan iborat.Umid Reunion 2.020 ning Yangilanayotgan Ozbekistonga kadrlar yangi avlodi mavzusidagi yalpi yigilishi 3-yanvar kuni Toshkentda bolib otadi, 4-yanvar kuni konferensiya Toshkent viloyati Bostonliq tumanidagi tog-soglomlashtirish maskanida davom etadi.Ushbu tadbirning ishtirokchilari sifatida Umid jamgarmasining 300 dan ortiq stipendiati, shuningdek, xorijda istiqomat qiluvchi 120 ga yaqin sobiq umidchi qatnashishi kutilmoqda.Qayd etilishicha, 2018-yilning sentabr oyida tashkil etilgan El-yurt umidi jamgarmasi 19972003-yillarda 828 nafar iqtidorli yoshning xorijda talim olishini moliyalashtirgan Umid jamgarmasi vorisi hisoblanadi. Osha yillarning stipendiatlari orasida amaldagi yuqori darajadagi rahbarlar, jumladan, hukumat azolari, mamlakatning diplomatik vakolatxonalari, vazirliklar va idoralarning boshqarma boshliqlari va boshqalar bor.Malum qilinishicha, El-yurt umidi jamgarmasi 2018-yilda 381 nafar mutaxassisni xorijga oqishga yuborgan, 2019-yilda bu raqam 600 nafarga yetishi kutilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0