Daryo oqshomi: Andijondagi portlash, Toshkentdagi issiq suv favvoralari, Ozbekistonga elektr eksport qilishni toxtatgan Tojikiston

Andijondagi portlash: Shaharning 2-mikrorayonida joylashgan kop qavatli uylarning biridagi xonadonda qolbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash oqibatida podyezd devori qulagan, kamida oltita uy zarar korgan, sakkiz kishi esa qorqib ketganidan yordam sorab shifokorlarga murojaat qilgan. Voqea joyiga zudlik bilan viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov yetib borgan. Ziroatxon Mirziyoyeva.Foto: Instagram / Otabek UmarovOtabek Umarov qaynonasi Ziroatxon Mirziyoyevani tugilgan kuni bilan tabrikladi. Prezidentning kenja kuyovi bungacha bojasi, bojasining rafiqasi, ozining rafiqasi, ozining onasi va farzandlarini ham tavallud kunlari bilan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali tabriklagan edi.Ozbekistonda yaqin qarindoshlarning ishonchnomasiz avtomobil haydashi masalasiga rasmiy izoh berildi. Xullas, ruxsat bor, yangi namunadagi sugurta polisi blankalari ham tasdiqlangan, lekin osha yangi blankalar yoq. IIV Yol harakati xavfsizlik xizmati oziga bogliq muammolarni hal qilib qoygan, endi yurish navbati, kutilmaganda, Moliya vazirligida.Ozbekistonning boshqa yangiliklari. Ozbekistonning ayrim hududlarida 5-dekabr kuni shamol turib, yogingarchilik bolishi mumkin. Toshkentda mingga yaqin avtomobil turadigan bepul stoyanka yopildi. Yakkabogdagi maktabda fizika oqituvchisi matematikadan, jismoniy tarbiya oqituvchisi esa rus tilidan dars beryapti. Surxondaryo hokimi deputatlikka nomzodlar royxati aralashgani haqidagi xabarlarni rad etdi. Namanganda 2019-yil boshidan toqqizinchi uch egizak tugildi. Toshkentda issiq suv quvurlarining yorilishi oqibatida Shayxontohur, Chilonzor va Uchtepa aholisining bir qismi issiqlik taminotisiz qoldi.Dunyo yangiliklari. Tojikiston oz aholisini taminlash maqsadida elektr energiyasini Ozbekistonga eksport qilishni butunlay toxtatdi. Iroqda IShID yetakchisining orinbosari qolga olindi. Eron mamlakatdagi namoyishlar oqibatida korilgan zararni AQShga qoplatmoqchi. Google asoschilari Larri Peyj va Sergey Brin Alphabetning rahbarlik lavozimlarini tark etdi.Oqish va tomosha qilishni qatiy tavsiya qilamiz: Ozbekiston bir asr avvalgi rangli suratlarda; XX asrning eng vahshiy diktatorlaridan biri odamxor imperator Bokassa haqida.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0