Issiqlik ta’minoti quvurlari yorilgani sababli Toshkentning 3 ta tumanida issiqlik ta’minotida uzilishlar kuzatilmoqda (video)

Toshkent shahar Shayxontohur tumanining Beltepa mavzesida 4-dekabr, chorshanba kuni soat 16.30 da 400 diametrli issiqlik quvurlarida avariya sodir bo‘ldi. Natijada tumanning ayrim hududlarda issiqlik energiyasini uzatish vaqtincha to‘xtatilgan. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi. Foto: Toshkent shahar hokimligiMa’lum qilinishicha, mavjud issiqlik quvuri muddatini o‘tab bo‘lganligi sababli yuzaga kelgan vaziyat ayni vaqtda bartaraf etilmoqda va quvurning nosoz qismi yangisiga almashtirilmoqda. Hokimlikning qayd etishicha, 4-dekabr kuni kech soat 22:00 da mazkur hududdagi aholi xonadonlari yana issiqlik tizimiga ulanadi.Shuningdek, 4-dekabr kuni soat 17:00 da Toshkent viloyati “Nazarbek” QFY hududida joylashgan 9-sonli qozonxonaning 800 diametrli quvurida uzilish yuzaga kelgan. Natijada Uchtepa va Chilonzor tumanlarining ayrim hududlarida issiqlik ta’minotida vaqtincha uzilish kuzatilmoqda. Foto: Toshkent shahar hokimligiHokimlikning xabar berishicha, ayni paytda muammo bartaraf etilmoqda va 5-dekabr soat 05:00 ga qadar ta’mirlash ishlari o‘z yakuniga yetkaziladi hamda soat 07:00 da aholi xonadonlari yana issiqlik tizimiga ulanadi. Foto: Toshkent shahar hokimligiMazkur uzilishlarni tezkorlik bilan bartaraf etishga zarur miqdordagi texnika va mutaxassislar jalb etilgan, deyiladi hokimlik xabarida.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0